Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risida

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2014 y., 43-son, 530-modda; 2015 y., 39-son, 511-modda)

«Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda hayvonot va o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Quyidagilar:

O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; O’zbekiston Respublikasi hududida yo’q bo’lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Hayvonot va o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanganlik uchun to’lov sifatida tushgan mablag’larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi to’g’risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar; tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida mazkur qarorning maqsadlari, mazmuni va ahamiyatini keng yoritish tadbirlari tashkil etilishi va o’tkazilishini ta’minlasin.

  1. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
  2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo’jaligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2014 yil 20 oktyabr,

290-son

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qaroriga 1-ILOVA

O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar
  2. Mazkur Nizom «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida», «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish, shuningdek o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibini belgilaydi.

Davlat o’rmon fondidagi o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish xususiyatlari boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Mazkur Nizom talablari hovlioldi, xususiy bog’lar va dala hovlilarda foydalanilayotgan daraxt va butalarga tatbiq etilmaydi.

  1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

kvota — dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o’simliklarni yig’ish va tayyorlashning qonuniy belgilangan me’yorlari; botanika kollektsiyalari — urug’lar, gullar, mevalar, piyozboshchalar, ildizlar, barglar, gerbariylar, konservatsiya qilingan va tirik o’simliklarning tartibga solingan majmuasi; madaniylashtirilgan o’simliklar — tabiiy o’sish sharoitlari yovvoyi holdagi sharoitdan minimal darajada farq qiluvchi pitomnik va plantatsiyalarda muayyan moddiy va mehnat xarajatlari bilan chegaralangan parvarishlash, ko’paytirish va ishlov berishni amalga oshiruvchi shaxsning qisman nazoratidagi yovvoyi o’simliklar; yashash faoliyati mahsulotlari — urug’lar, gullar, mevalar, barglar, poyalar, ildizlar, piyozboshchalar, sharbat (elim); maxsus ekin maydonlari (plantatsiyalar), parvarishxonalar — o’simliklarning urug’i, ildizi, piyozboshchalari, mitseliylari va qalamchalaridan ko’paytirish maqsadida foydalaniladigan, insonning doimiy nazoratidagi maydonlar; vakolatli organlar — qonun hujjatlari bilan zimmasiga tadbirkorlik sub’ektlariga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish vazifasi yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlar; ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan va tabiatdan foydalanuvchiga beriladigan, harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan hamda ruxsatnoma, kelishuv, xulosa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ifodalanadigan qaror.

  1. Quyidagilar o’simlik dunyosi ob’ektlari hisoblanadi:

yovvoyi holda o’suvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va o’tsimon urug’laydigan o’simliklar, qirqquloqsimonlar, yo’sinsimonlar, suvo’tlar, lishayniklar va zamburug’lar o’zining barcha xilma-xil turlari bilan; yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o’simlik guruhlari yoki ularning har qanday majmui; kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi o’simlik turlari; yovvoyi o’simliklarning mevalari, urug’lari va boshqa qismlari yoki ularning o’sish davridagi mahsullari. Tanasi, po’stlog’i, shoxlari, poyasi, ildizi, g’unchasi, gullari, urug’lari, mevalari, barglari, piyozboshchalari va sharbati (elimi) o’simliklarning qismlari hisoblanadi.

  1. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish
  2. Quyidagilar o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlari hisoblanadi:
  3. a) yovvoyi holda o’suvchi ozuqa mahsulotlarini chorvachilik ehtiyojlari uchun g’amlash;
  4. b) chorva mollarini o’tlatish;
  5. v) o’simlik dunyosi ob’ektlaridan ovchilik xo’jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
  6. g) yovvoyi o’simliklarning texnik xom ashyosini g’amlash;
  7. d) yovvoyi o’simliklarning dorivor xom ashyosini g’amlash (yig’ish);
  8. e) yovvoyi o’simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun g’amlash (yig’ish);
  9. j) daraxt va butalarni kesish (sanitariya tartibida, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda, shuningdek bino, inshoot va kommunikatsiya qurilishlari bilan bog’liq holatlarda);
  10. z) o’simlik dunyosi ob’ektlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish;
  11. i) o’simlik dunyosi ob’ektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiya, sog’lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish;
  12. k) o’simlik dunyosi ob’ektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish;
  13. l) o’simlik dunyosi ob’ektlaridan kollektsiyalash maqsadlarida foydalanish.

O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlarda ham amalga oshirilishi mumkin.

  1. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo’lishi mumkin.
  2. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanish mazkur Nizomning 4-bandi «g», «d», «e», «i» kichik bandlarida nazarda tutilgan turlarda hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
  3. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanish foydalanuvchilar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun bepul amalga oshiriladi.

Umumiy foydalanish me’yorlari va tartibi O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi (keyingi o’rinlarda Davlat qo’mitasi deb ataladi) bilan kelishuv bo’yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.

  1. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq, to’lov evaziga Davlat qo’mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo’yicha amalga oshiriladi.
  2. CHorvachilik ehtiyojlari va chorva mollarini o’tlatish uchun yovvoyi ozuqa mahsulotlarini g’amlashga ruxsatnoma berilganligi uchun to’lov miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, yerlarning toifasi va yaylovlarning (pichanzorlarning) hosildorligini hisobga olgan holda belgilanadi.

Maxsus ekin maydonlari (plantatsiyalar) va parvarishxonalarda yetishtirilgan o’simliklarni g’amlash (to’plash) uchun to’lov undirilmaydi. Oldingi tahrirga qarang.

  1. Yuridik va jismoniy shaxslarga yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarni g’amlaganlik (yig’ganlik) uchun to’lovlarni kamaytirish bo’yicha quyidagi miqdorlarda imtiyoz beriladi:

belgilangan to’lovlarning 50 foizi miqdorida — Qizil kitobga kirmaydigan hamda har yili O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadigan yovvoyi holda o’sadigan o’simliklar ro’yxatiga kiritilgan yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan (yalang’och qizilmiyadan tashqari) ekstrakt tayyorlanganda yoki ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan ularni xom ashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo’lganda; belgilangan to’lovlarning 90 foizi miqdorida — plantatsiyalar tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urug’lari, ko’chatlari) uchun; belgilangan to’lovlarning 90 foizi miqdorida — yalang’och qizilmiya ildizidan ekstrakt tayyorlanganda yoki ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan yalang’och qizilmiya ildizini xom ashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo’lganda. Yovvoyi holda o’sadigan o’simliklar ro’yxati, shuningdek Respublika bo’yicha g’amlash (yig’ish) hajmlari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi va respublikaning yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari buyurtmanomalari asosida O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi. (10-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 sentyabrdagi 278-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 39-son, 511-modda)

  1. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish tasdiqlangan kvotalar doirasida amalga oshiriladi.

Dorivor va oziq-ovqatbop o’simliklarining yovvoyi turlarini va yovvoyi o’simliklar texnik xom ashyosini g’amlashga kvotalar har yili O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda Davlat qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Kelgusi yil uchun dorivor va oziq-ovqatbop o’simliklarining yovvoyi turlarini va yovvoyi o’simliklar texnik xom ashyosini g’amlashga kvotalar tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan joriy yilning 1 dekabridan 30 dekabriga qadar bo’lgan davrda bergan buyurtmanomalari asosida shakllantirilib, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga kelishish uchun yuboriladi. Tabiatdan foydalanuvchilarning buyurtmanomalariga asosan 1 apreldan 30 mayga qadar ushbu o’simlik turlari zaxiralarining mavjudligi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijobiy xulosasiga asosan ularni g’amlash (to’plash) uchun qo’shimcha kvotalar ajratilishi mumkin. Pichan o’rish hamda tabiiy pichanzorlar va yaylovlarda chorva mollarini o’tlatish me’yorlari va muddatlari tegishli qishloq hamda suv, shuningdek o’rmon xo’jaligi davlat organlarining taqdimnomasi bo’yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan kvotalar, shuningdek pichan o’rish va chorva mollarini o’tlatish me’yorlari hamda muddatlari tabiatni muhofaza qilish hududiy qo’mitalariga, shuningdek o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilarga ularning buyurtmanomalari asosida yetkaziladi.

  1. To’lov evaziga o’simlik dunyosidan maxsus foydalanish foydalanuvchilarni yovvoyi o’simliklar va ularning o’sish joylarini muhofaza qilish, qayta tiklash va biotexnik tadbirlarni bajarishdan ozod etmaydi. Muhofaza etiladigan hududlarda o’simlik dunyosidan foydalanish ularda belgilangan rejimlar asosida amalga oshiriladi.
  2. O’rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga faqat hududiy tabiatni muhofaza qilish qo’mitalari bilan kelishuv bo’yicha, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko’ra, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarning qurilishi bilan bog’liq sanitariya kesishlari tartibida yo’l qo’yiladi.

Foydalanuvchilarning mulki bo’lgan va ular tomonidan maxsus qurilish hamda hosili uchun ekilgan daraxt va buta plantatsiyalari (terak va boshqa tez o’suvchi navlar, tut plantatsiyalari, mevali daraxtlar, butalar) ushbu toifa o’simliklariga kirmaydi.

  1. Qurib qolgan, tabiiy zararkunandalar va kasalliklar ta’sirida kuchli zararlanib quriyotgan daraxt va butalarni kesish hududiy tabiatni muhofaza qilish qo’mitalari bilan kelishilgan holda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko’ra maxsus ruxsatnomasiz amalga oshiriladi.
  2. Daraxtzorlar va butazorlarning quyidagi toifalari davlat o’rmon fondiga kirmaydi:

qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar atrofiga ekilgan daraxtlar va tup-tup daraxtlar, ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek boshqa daraxtzorlar va butazorlar; davlat zaxira yerlarida joylashgan temir yo’l, avtomobil yo’llari, kanallar va boshqa suv ob’ektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlari; tashkilotlar va muassasalar hududidagi daraxtlar, shuningdek shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko’kalamzorlashtirish uchun ekilgan o’simliklar; suvni muhofaza qilish va eroziyaga qarshi ekilgan daraxtlar, o’rmon fondida joylashmagan o’rmon massivlari, shahar ichidagi o’rmonlar, shahar atrofidagi va aholi yashash hududlaridagi yashil o’rmon hududlari, ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega o’rmonlar, boshqa ahamiyatga ega o’rmonlar, aholi yashash hududlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek boshqa daraxtzor va butazorlar. III. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi Umumiy qoidalar

  1. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma tegishli vakolatli organlar tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasidagi sxemaga asosan beriladi.
  2. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlari uchun ruxsatnomalar joriy yil uchun belgilangan kvotalar doirasida beriladi.

Ushbu talablar Yo’q bo’lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to’g’risidagi Konventsiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiruvchi o’simliklar namunalarini olib kirish va olib chiqib ketishga ruxsatnomalarga tatbiq etilmaydi.

  1. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish uchun ruxsatnomalar quyidagi vakolatli organlar tomonidan beriladi:

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan: O’zbekiston Respublikasining barcha hududida Qizil kitobga kiritilmagan o’simlik turlarini tabiiy muhitdan g’amlashga (to’plashga) olish uchun; O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi o’simlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun; yovvoyi o’simliklarni, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketish uchun; Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi o’rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxt va butalarni kesishni kelishadi; Davlat o’rmon fondi yerlarida — Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan: O’rmon fondi yerlarida O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan o’simlik turlarini tabiiy muhitdan g’amlashga (to’plashga) olish uchun; pichan o’rish uchun yaroqli o’rmon fondi yerlarida pichan o’rish uchun; o’rmon fondining yaylov yerlarida chorva mollarini o’tlatish uchun; Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan: o’rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni sanitariya kesish maqsadida yoki kesish uchun; pichan o’rish va chorva mollarini o’tlatish uchun.

  1. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Qizil kitobga kiritilgan, kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi o’simlik turlarini tabiiy muhitdan olishni kelishish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdimnoma kiritadi.

Taqdimnomaga O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan kvota ilova qilinadi. Maxsus ekin maydonlari (plantatsiya) va parvarishxonalarda yetishtirilgan o’simliklarni yig’ish (to’plash) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kiritilgan taqdimnomani 10 ish kuni mobaynida kelishadi va uni Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga yuboradi.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kelishuvi asosida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi.

  1. Ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31 dekabrdan kech bo’lmagan muddatda tugaydi.

Yo’q bo’lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to’g’risidagi Konventsiya (CITES)ning ilovalariga kiritilgan yovvoyi o’simliklar va ularning qismlarini, o’sish davridagi mahsullarini, botanika kollektsiyalarini O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va undan olib chiqib ketish uchun ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari Konventsiya talablariga muvofiq belgilanadi.

  1. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish, shu jumladan olib kirish va chetga olib chiqib ketish uchun ruxsatnomalar belgilangan namunadagi blankalar asosida beriladi, ularda nazorat markalari, hisobga olish raqamlari va himoyalanganlik darajalari bo’ladi.
  2. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar mazkur Nizomning 5 — 12-ilovalariga muvofiq shakllar bo’yicha beriladi.

Ruxsat berishga doir talablar va shartlar

  1. Quyidagilar harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlar hisoblanadi:

tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda qonun talablariga majburiy rioya etish; tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxs bo’lganda, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) o’zgargan taqdirda, tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxs bo’lganda, unga davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko’rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko’rsatadigan joyi o’zgargan taqdirda qayta ro’yxatdan o’tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organlarni xabardor qilish; o’simliklarni tayyorlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgan xo’jaliklar va hududlarda o’simliklarning o’sish joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan foydalanish jarayoni natijasida buzilgan o’simlik va tuproq qoplamini rekultivatsiya qilishni ekologik, sanitariya va gigiena, boshqa me’yor va qoidalarga qat’iy rioya etish bo’yicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar talablarini amalga oshirish; ruxsatnomalarda ko’rsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amal oshirish; olingan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugangandan so’ng, 10 ish kuni davomida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish (o’simlik dunyosi ob’ektlarining g’amlangan hajmi, vaqti va to’plash joyi); ruxsatnomada ko’rsatilgan talablarga rioya qilish; ruxsatnomaga o’z ixtiyori bilan qandaydir tuzatishlar va qo’shimchalarni kiritishni taqiqlash; ruxsatnomani olishga arizani ko’rib chiqish va ruxsatnomani berish uchun to’lov. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida yovvoyi o’simliklarni g’amlash (to’plash) uchun ruxsatnoma faqat arizachiga yoki uning ishonchli vakiliga, boshqa shaxslarga bermaslik huquqi bilan beriladi. Ruxsatnoma talablariga rioya qilgan, yovvoyi o’simliklarni muhofaza qilish va qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirgan, o’simlik mahsulotlari zaxirasini aniqlash maqsadida tadqiqot o’tkazgan yuridik va jismoniy shaxslar teng sharoitlarda yovvoyi o’simlik turlarini g’amlash va to’plashga ruxsatnomalar olishda ustuvor huquqlardan foydalanadilar.

  1. Ruxsatnoma olgan shaxs foydalanish uchun uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega emas, ruxsatnoma korxona rahbari nomiga berilgan holatlar bundan mustasno.

Amal qilish muddati tugagan o’simliklarni g’amlash (to’plash) uchun berilgan ruxsatnomalar foydalanib bo’lingandan so’ng hududiy tabiatni muhofaza qilish organlariga qaytariladi (10 ish kuni davomida).

  1. O’simlik dunyosi ob’ektlarini olganligi uchun to’lov ariza vakolatli organda ro’yxatdan o’tkazilgan kundan boshlab, amaldagi qonunchilik asosida 15 ish kuni davomida undiriladi.
  2. O’simlik dunyosi ob’ektlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketish uchun berilgan ruxsatnomalar foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan bo’lsa, bojxona organlarining qo’yilgan belgisi bilan olingan joyiga qaytariladi. Tabiatdan foydalanuvchining arizasiga ko’ra, chetga olib chiqilmagan (olib kirilmagan) o’simlik dunyosi ob’ektlarining miqdori uchun yangi ruxsatnoma berilishi mumkin. Agar avval berilgan ruxsatnoma eng kam oylik ish haqi miqdori o’zgargungacha rasmiylashtirilgan bo’lsa, bunday hollarda narxlardagi tafovut qo’shimcha ravishda to’lanadi.
  3. CHetga olib chiqilayotgan o’simlik dunyosi ob’ektlarining bojxona rasmiylashtiruvi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi, ushbu ob’ektlar davlat chegarasidan olib o’tilayotganda bojxona organlari tomonidan tegishli belgi qo’yiladi.
  4. O’simlik dunyosi ob’ektlarini O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun to’lovlar miqdorlarini hisoblash mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartibi

  1. O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan o’simlik turlarini tabiiy muhitdan g’amlashga (to’plashga), olishga ruxsatnomalar, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi (uning boshqaruvida bo’lgan o’rmon fondi yerlarida) tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko’rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi; jismoniy shaxs ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa; o’simlik turi, uning g’amlanadigan qismlarini — barglari, ildizlari, mevalari, sharbati va boshqalarni ko’rsatgan holda; g’amlash yoki to’plash usuli; g’amlash hududi (viloyat, tuman); g’amlash yoki to’plash hajmi (kg, tn, dona, kubometr); g’amlash (to’plash) muddatlari. Tabiatdan foydalanuvchining o’simlik turlarini g’amlash (to’plash), olishga oid arizasida o’simlik turlarini g’amlash (to’plash), olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilarning yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi ko’rsatilgan bo’lishi shart.

  1. O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi o’simlik turlarini tabiiy muhitdan olishga ruxsatnomalar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligiga binoan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko’rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi; jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa; o’simlik turi, uning g’amlanadigan qismlarini — barglari, ildizlari, mevalari, sharbati va boshqalarni ko’rsatgan holda; g’amlash yoki to’plash usuli; g’amlash hududi (viloyat, tuman); g’amlash yoki to’plash hajmi (kg, tn, dona, kubometr); g’amlash (to’plash) muddatlari. Tabiatdan foydalanuvchining O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi o’simlik turlarini tabiiy muhitdan to’plashga ruxsatnoma olish uchun arizasida o’simlik turlarini g’amlash (to’plash), olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi ko’rsatilgan bo’lishi shart.

  1. Yovvoyi o’simliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnoma Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko’rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi; jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa; turlar bo’yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o’simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug’lari va botanika kollektsiyalari miqdori va soni. Botanika kollektsiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni ko’rsatiladi; chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi; olib chiqish uchun asos — yovvoyi o’simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o’simliklarni qonuniy g’amlash (to’plash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami);

  1. Sun’iy sharoitda (maxsus ekin maydonlarida (plantatsiyalarda, parvarishxonalarda) o’stirilgan o’simliklarning mahsulotlarini chetga olib chiqish uchun quyidagilarni ko’rsatgan holda ariza beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi; jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa; olib chiqilayotgan o’simliklar, ularning qismlari, mevalari, urug’lari miqdori. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer maydonini ajratish to’g’risidagi qarori yoki yer maydonini ijaraga berish shartnomasi; yovvoyi o’simliklar zaxirasining holati to’g’risida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ta’lim muassasalari biolog mutaxassislarining xulosasi.

  1. O’rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxt va butalar fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek bino, inshoot va kommunikatsiya qurilishlari bilan bog’liq holatlarda sanitariya tartibida kesish imkoniyatlarini belgilash maqsadida amalga oshiriladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli ruxsatnomani berish to’g’risidagi qarorni qabul qilish uchun kelishuv taqdim etiladi.
  2. O’rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni sanitariya maqsadida kesish yoki kesish uchun ruxsatnomalar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, hududiy tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilib, quyidagilar ko’rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi; jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa; kesilishi lozim bo’lgan daraxtlar va butalarning turi (fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek bino, inshoot va kommunikatsiya qurilishlari bilan bog’liq holda); kesish muddati va joylashgan manzili (uy va xonadon raqami, ko’cha, tuman). Mahalliy davlat hokimiyati organlari ariza olingandan keyin tabiatni muhofaza qilish organlariga daraxtlarning holatini o’rganish uchun yo’llaydi. Daraxtlarning holatini o’rganish natijasi bo’yicha dalolatnoma tuziladi. Kelishuv ijobiy bo’lgan taqdirda kesish uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.

  1. Pichan o’rish va chorva mollarini o’tlatish uchun ruxsatnomalar Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi (davlat o’rmon xo’jaligi organlari tomonidan — o’rmon fondi yerlarida), mahalliy davlat hokimiyati organlari (zaxira yerlarda) tomonidan, quyidagilar ko’rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi; jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa; foydalanish turi (pichan o’rish yoki chorva mollarini o’tlatish); pichan o’rish miqdori hajmlari (kg, tonna, kubometr), otlar, eshaklar soni qoramollar (chorva mollari) o’tlatilganda — ularning taxminiy yoshi) va foydalanish muddati; Ruxsatnoma arizachiga daftarga yoki ruxsatnoma nusxasiga imzo qo’yilgandan so’ng beriladi.

  1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik sub’ektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
  2. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun tegishli vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar ro’yxat yoki ariza nusxasi bo’yicha qabul qilinadi, ro’yxat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to’g’risida belgi qo’yilgan holda darhol tabiatdan foydalanuvchiga beriladi.

Arizani ko’rib chiqish va ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish to’g’risida qarorni qabul qilish

  1. Ariza hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab 15 ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatda ko’rib chiqiladi.
  2. O’simlik dunyosi ob’ektlarini g’amlashga (to’plashga) ruxsatnoma berish to’g’risidagi ariza ko’rib chiqilganligi va ruxsatnoma berilganligi uchun har gal O’zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 0,1 koeffitsienti miqdorida, tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslardan 0,2 koeffitsienti miqdorida va xorijiy fuqarolardan — 10 AQSH dollari miqdorida yig’im undiriladi.

Ariza ko’rib chiqilganligi uchun to’langan yig’im summasi qaytarilmaydi.

  1. Yovvoyi o’simliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun arizalarni ko’rib chiqishda har gal:

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 0,1 koeffitsienti miqdorida; tabiatdan foydalanuvchilardan — yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 0,2 koeffitsienti miqdorida; xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomalari uchun 50 AQSH dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSH dollari miqdorida yig’im undiriladi. Ariza ko’rib chiqilganligi uchun to’langan yig’im summasi qaytarilmaydi.

  1. Ruxsatnoma berganlik uchun yig’im summasi «Davbionazorat» inspektsiyasining maxsus hisob raqamiga yoki Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasining hisob raqamiga o’tkaziladi.
  2. Vakolatli organ tabiatdan foydalanuvchiga ruxsatnoma berish uchun, boshqa vakolatli organlar tomonidan beriladigan qo’shimcha hujjatlar olishi talab qilinadigan hollarda, ruxsatnoma berish soddalashtirilgan tartibda «bir darcha» orqali amalga oshiriladi, bunda vakolatli organ mazkur hujjatlarni tabiatdan foydalanuvchining ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi.
  3. O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi o’simliklar hajmlarini aniqlash yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasini olish zarur bo’lgan taqdirda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Fanlar akademiyasiga quyidagilar ko’rsatilgan holdagi xat bilan murojaat qiladi:

o’simlik turi; xulosa olishdan maqsad; g’amlash (to’plash) hududi (joyi) .

  1. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan xatni ko’rib chiqish muddati — hujjat qabul qilingan kundan boshlab ko’pi bilan 5 ish kuni.
  2. Fanlar akademiyasidan ijobiy javob olingan taqdirda ruxsatnoma berish masalasini kelishishni so’rab Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Fanlar akademiyasining xulosasini ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Vazirlar Mahkamasining roziligi olingan taqdirda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tabiatdan foydalanuvchiga o’simlikni g’amlash (to’plash) uchun to’lov to’lagandan so’ng ruxsatnoma beradi.

  1. Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo’lsa, mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda tadqiqlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar o’tkazish huquqiga ega. Bunda ko’rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytiriladi.
  2. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay tabiatdan foydalanuvchilarga ruxsatnoma beradi (yuboradi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi to’g’risida ularni yozma shaklda xabardor qiladi.
  3. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslar bo’yicha rad etilishi mumkin:

ruxsatnoma berilishi uchun zarur bo’lgan hujjatlarning tabiatdan foydalanuvchi tomonidan to’liq bo’lmagan hajmda taqdim etilganligi; tabiatdan foydalanuvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi; tabiatdan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto’g’ri yoki buzib ko’rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi; o’simlik dunyosi ob’ektlarini g’amlash, ularni ushlab turish (saqlash), transportda tashishni o’rganishlar, tadqiqlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo’yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.

  1. Ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish haqidagi xabarnoma tabiatdan foydalanuvchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq me’yorlari va tabiatdan foydalanuvchi ko’rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko’rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo’lgan muddat ko’rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).

Tabiatdan foydalanuvchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko’rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo’lgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran o’n ish kunidan kam bo’lmasligi kerak.

  1. Tabiatdan foydalanuvchi ruxsatnomani berishning rad etilishi uchun asos bo’lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko’rib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish tabiatdan foydalanuvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to’g’risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o’n ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Ariza takroran ko’rib chiqilganligi uchun yig’im undirilmaydi.
  2. Arizani takroran ko’rib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini vakolatli organ tomonidan keltirilishiga yo’l qo’yilmaydi, ilgari ko’rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog’liq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
  3. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnomada ko’rsatilgan muddat o’tgandan keyin tabiatdan foydalanuvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko’rib chiqiladi.
  4. Tabiatdan foydalanuvchi ruxsatnomani berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish va ularning dublikatlarini berish

  1. Tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o’zgargan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro’yxatdan o’tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to’g’risidagi arizani ko’rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
  2. Tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxsning unga davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida berilgan guvohnomada ko’rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko’rsatadigan joyi o’zgargan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi qayta ro’yxatdan o’tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to’g’risidagi arizani ko’rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
  3. Hujjatlar tabiatdan foydalanuvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ularning olinganligi haqida xabardor qilgan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tabiatdan foydalanuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
  4. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilgunga qadar ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza bergan tabiatdan foydalanuvchi yoki uning huquqiy vorisi (merosxo’ri) ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to’g’risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qo’yilgan ariza asosida, unda ko’rsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni bajaradi yoki amalga oshiradi.
  5. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reestriga tegishli o’zgartishlarni kiritadi. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to’g’risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatda amalga oshiriladi.
  6. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirganlik uchun tabiatdan foydalanuvchining ruxsatnomani berish to’g’risidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza topshirilgan sanada to’lanadigan summaning 50 foizi miqdorida yig’im undiriladi. Yig’im summasi ruxsatnoma beruvchi vakolatli organlarning hisob raqamiga o’tkaziladi.

Olingan mablag’lar moddiy-texnik ta’minot va tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga sarflanadi .

  1. Vakolatli organga ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza uning amal qilish muddati tugagunga qadar topshirilgan bo’lishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, foydalanilmaganlik holatining asoslangan sabablari ko’rsatilganda, ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibida amalga oshiriladi.
  2. Ruxsatnoma yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchining arizasiga ko’ra uning dublikati beriladi.
  3. Vakolatli organ ariza, shuningdek hujjat yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ruxsatnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun tabiatdan foydalanuvchi tomonidan yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan e’tiboran 5 ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatda ruxsatnomaning dublikatini berishi (yuborishi) shart.

Ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun tabiatdan foydalanuvchining ruxsatnomani berish to’g’risidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun, dublikatni berish haqidagi ariza topshirilgan sanada to’lanadigan summaning 50 foizi miqdorida yig’im undiriladi. Yig’im summasi vakolatli organlarning hisob raqamiga o’tkaziladi. Ruxsatnomaning amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish va uni bekor qilish

  1. Ruxsatnomaning amal qilishini to’xtatib turish va to’xtatish, uni bekor qilish «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
  2. Quyidagilar ruxsat berishga doir talablar va shartlarni bir marotaba qo’pol ravishda buzganlik uchun ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda to’xtatishga asos bo’ladi:

vakolatli organning ruxsat berishga doir talablar va shartlarning bajarilishini belgilangan tartibda tekshirishidan bosh tortish; ruxsatnoma berish natijasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga yoki o’simlik dunyosi ob’ektlariga haqiqatda xavf solishga olib kelsa, ruxsatnomada ko’rsatilgan ularning o’sish muhitidan tashqari (g’amlash, to’plash va boshqa) harakatlardan tashqari; tabiatni muhofaza qilish qonunchilik me’yorlarining va ruxsatnoma talablarining buzilishi; ruxsatnoma olish uchun qalbaki hujjatlarning taqdim etilganligi yoki o’simliklarni to’plash va saqlash sharoitlarining mavjud emasligi. Berilgan ruxsatnomalar reestri

  1. Vakolatli organlar berilgan ruxsatnomalarning reestrini yuritadi va uni o’z rasmiy veb — saytlariga joylashtiradi.
  2. Berilgan ruxsatnomalar reestrida tabiatdan foydalanuvchilar to’g’risida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi:

tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxslarning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli; tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi; ruxsatnomaning berilgan sanasi va tartib raqami; ruxsatnomaning amal qilish muddati; ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to’xtatib turish va tiklash asoslari va sanasi; ruxsatnomaning amal qilishini to’xtatish asoslari va sanasi; ruxsatnomani bekor qilish asoslari va sanasi; ruxsatnoma dublikatini berish asoslari va sanasi.

  1. Berilgan ruxsatnomalar reestridagi mavjud ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
  2. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanilishini nazorat qilish tartibi
  3. O’simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni ko’paytirish yuzasidan davlat nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, mahalliy davlat hokimiyati organlari va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
  4. O’simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni ko’paytirish yuzasidan idoraviy nazorat yovvoyi o’simliklar o’sadigan hudud qarashli bo’lgan organlar: davlat o’rmon fondida — O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi tomonidan; o’z hududlarida — yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
  5. O’simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni ko’paytirish yuzasidan jamoatchilik nazorati jamoat birlashmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
  6. Davlat nazorati organlari tomonidan foydalanuvchilarning belgilangan muddatlarga, me’yorlarga hamda o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish, ularni muhofaza qilish va ko’paytirishning boshqa qoidalariga rioya etilishi tekshiriladi.
  7. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:

o’simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish me’yorlari va talablari buzilishini aniqlash maqsadida yovvoyi o’simliklar ko’paytiriladigan hududni qarshiliksiz borib ko’rish; o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish, o’simlik dunyosi ob’ektlarining tayyorlangan mahsulotlarini, o’rmonchi va yegerlar qorovulxonasini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning qorovulxonalarini, omborlar va boshqa imoratlarni tekshirish, shuningdek transport vositalarining barcha turlarini ko’zdan kechirish va to’xtatib turish; o’simlik dunyosining tayyorlangan ob’ektlari bilan bog’liq shaxslardan o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish uchun berilgan hujjatlarni ko’rsatishni, ular tomonidan o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi sababli yozma tushuntirishlar berilishini talab etish; mazkur Nizom, o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari, me’yorlari, muddatlari va boshqa talablari buzilishini bartaraf etish to’g’risida o’simlik dunyosi ob’ektlaridan barcha foydalanuvchilarning bajarishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalarni berish; mazkur Nizom va o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qo’yish, shuningdek noqonuniy tayyorlangan mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo’yish hamda tayyorlov va savdo tashkilotlariga berish; o’tkazilgan tekshirish to’g’risida dalolatnomalar va ma’muriy qonunbuzarliklar to’g’risida bayonnomalar tuzish; o’simlik dunyosini muhofaza qilish va ularni ko’paytirish bo’yicha foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish; «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom hamda o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo’yicha boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda amalga oshirilayotgan ishlarni to’xtatib qo’yish; o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish va qonun buzilishi to’g’risidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish; xizmat yuzasidan berilgan o’q otish qurolini va uning o’q-dorilarini belgilangan tartibda olib yurish.

  1. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya qilishga va o’z faoliyatini berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirishga majbur.
  2. Ruxsatnomasiz yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartiblar va me’yorlar (kvotalar) buzilgan holda tayyorlangan o’simlik dunyosi ob’ektlari qonunni buzuvchilardan olib qo’yiladi, ko’rsatib o’tilgan qonun buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar esa o’simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladilar va zararni undirish miqdorlarini hisoblash uchun koeffitsientlarni hisobga olgan holda, mazkur Nizomning 14 — 19-ilovalariga muvofiq o’simlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplashi shart.
  3. O’zbekiston Respublikasi hududida ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda yig’ilgan, tayyorlangan, shuningdek qonun hujjatlari buzilgan holda tashish, sotish, uning hududidan olib chiqishga urinish vaqtida ushlangan yoki olib qo’yilgan o’simlik dunyosi ob’ektlari hamda ularning qismlari qonunni buzuvchilardan olib qo’yiladi va:

agar qonun buzilishi va olib qo’yish davlat o’rmon fondi yerlari boshqaruvida bo’lgan o’rmon qo’riqchiligi tomonidan amalga oshirilgan bo’lsa — tabiatni muhofaza qilish organiga yoki o’rmon xo’jaligi organiga, yovvoyi o’simliklar mahsulotlari noqonuniy g’amlangan huquqbuzarlik holatlari tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari tomonidan aniqlanganda va olib qo’yilganda — mahsulotlar tabiatni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.

  1. Olib qo’yilgan yovvoyi o’simliklardan, shuningdek ularning qismlaridan, o’sish davridagi mahsullaridan quyidagi tarzda foydalaniladi:

tirik o’simliklar Fanlar akademiyasining O’simlik va hayvonot olami genofondi institutiga saqlash va kelgusida foydalanish uchun yoki ularni sotish huquqiga ega bo’lgan savdo tashkilotlariga shartnomaviy narxlar bo’yicha sotish uchun beriladi; jonsiz o’simliklar va ularning qismlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, sotish huquqiga ega bo’lgan savdo tashkilotlariga shartnomaviy narxlar bo’yicha sotish uchun beriladi. Tovarni olib qo’yishdan boshlab u topshirilgungacha bo’lgan barcha tartibotlar uchun xarajatlar tovar egasi tomonidan to’lanadi.

  1. Foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik talablari buzilgan taqdirda o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish huquqi to’xtatib turilishi yoki to’xtatilishi mumkin. Tabiiy o’simlik guruhlarida qayta tiklab bo’lmaydigan o’zgarishlar xavfi paydo bo’lgan taqdirda o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish huquqi to’xtatiladi.
  2. O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Yuridik va jismoniy shaxslar o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qoplashi shart. Zararni qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risidagi nizomga 1-ILOVA O’zbekiston Respublikasi hududida o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanganlik uchun to’lov miqdorlari

Foydalanish ob’ektlari O’simliklarni tayyorlash uchun ruxsatnoma qiymati
yuridik va jismoniy shaxslar — O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, eng kam oylik ish haqiga koeffitsientlarda xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar uchun, (AQSH dollarida)
A. O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar turlari (bitta piyozboshchaning yoki bitta ildizning qiymati — o’simlik maqomiga ko’ra) Yo’qolib ketayotgan turlar Kamyob turlar Qisqarayotgan turlar 1 kg urug’lik va piyozboshchalar — shu maqomdagi o’simliklar qiymatining 10 baravari miqdorida 1 kg ildiz, barglar va sharbat (elim) — shu maqomdagi o’simlik qiymatining 3 baravari miqdorida; 0,2 0,1 0,02 30 15 3
B.Qizil kitobga kiritilmagan o’simliklar turlari, dorivor va oziqbop o’simliklarning yovvoyi turlari (quruq og’irligi 1 kg) hamda tayyorlash uchun mo’ljallangan o’simliklar texnik xom ashyosi (o’rganish vaqtida piyozboshchadan tashqari, yelim, sharbat, maymunjon mevasi, malina, smorodina, chakanda, zamburug’ — hisob xom holda amalga oshiriladi)    
Zira (urug’i) 0,035 1,8
Rodiola raznozubchataya (ildiz) 0,022 1,2
Yovvoyi holda o’suvchi moychechak (to’pgul) 0,015 1,1
Oddiy zirk (mevasi), zamburug’, yalang’och qizilmiya, kovrakning barcha turlari, Samarqand bo’znochi 0,008 0,4
Turkiston Ayugasi (jivuchka) 0,007 0,3
Do’lana (guli, mevasi), qoraandiz,kiyiko’t, ilonpechak, kadanopsis, ikki uyali qichitqi o’t, limon o’t, yirik yaproqli alqor, Osiyo yalpizi, ochambiti, ming yaproqli tog’ dastorboshi, katta bargizub,dala qirqbo’g’ini, dorivor mavrak,tikanli kovul,afsonak, Maksimovich ravochi, na’matakning barcha turlari, Anzura piyozi 0,005 0,3
Archa (mevasi),oddiy isiriq, suv qalampiri, qush toron, mayda gulli jambil (tog’rayhon), dag’al qizilpoycha, oqqaldirmoq, ermanning barcha turlari, oddiy mingyaproq, chebrets,uch bo’g’imli ittikanak, Turkiston arslonquyrug’i, oddiy qamish (m3), sho’ravor tsistanxe va o’simliklarning boshqa turlari hamda ularning qismlari 0,004 0,3
O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan botanika kollektsiyalarini (ilmiy, madaniy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy yoki estetik qiymatga ega) yaratish uchun o’simlikning bir donasi uchun 0,002 0,1
O’simlik sharbati (elim) va kovrak barcha turlarining (Qizil kitobga kiritilgan turlar bundan mustasno) ildizi, urug’ligini olish uchun 1 kg xom ashyo miqdori — shu maqomdagi o’simlik qiymatining 5 baravari miqdorida    

Izoh: ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda Qizil kitobga kiritilmagan, yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar va ularning qismlarini g’amlash (to’plash)ga to’lov mazkur tur uchun belgilangan to’lovning 0,2 % miqdorida undiriladi. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risidagi nizomga 2-ILOVA Davlat o’rmon fondidan tashqaridagi daraxtlar va butalarni kesganlik uchun to’lov miqdorlari

Kesishga ruxsat berilgan daraxtlarning 1,3 m balandligidagi diametri (sm) Bitta daraxtni kesish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdori (belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoriga nisbatan koeffitsientlarda)
kam qimmatli daraxtlar turi uchun: sassiqdaraxt, oq akatsiya, zarang daraxti, terak, tut, boshqa daraxt va manzarali butalar qimmatli yog’ochbop daraxtlar: yong’oq, nok, gledichi, eman, lenkoran akatsiyasi, qoraqayin, qora archa, chinor, achchiqmiya, tui, shumtol, lola daraxti, magnoliya, forzitsiya hamda boshqa qimmatli daraxtlar va butalar
4 sm gacha 0,1 0,2
4,1 — 8 0,2 0,3
8,1 — 12 0,3 0,5
12,1 — 16 0,5 0,8
16,1 — 20 0,9 1,2
20,1 — 24 1,3 1,5
24,1 — 28 1,5 2,2
28,1 — 32 2,0 2,8
32,1 — 36 2,8 3,8
36,1 — 40 3,6 5,0
40,1 — 44 4,9 7,0
44,1 — 48 6,0 8,3
48,1 — 52 6,8 9,5
52,1 — 56 7,7 10,7
56,1 — 60 8,6 12,2
60,1 — 64 9,5 13,6
64 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun to’lov 0,1 koeffitsient miqdorida oshadi.

Izoh: butalarning diametri sm hisobida ildiz bo’g’zida o’lchanadi. Qurib qolgan va tabiiy zararkunandalar bilan kuchli shikastlangan daraxtlar hamda butalarni kesish uchun to’lov amalga oshirilmaydi, agar ularning qurishi va shikastlanganligi atayin qilinmagan bo’lsa, shuningdek favqulodda holatlar, tabiiy talafotlar sababli ro’y bermagan bo’lsa. Oldingi tahrirga qarang. (3-ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 sentyabrdagi 278-sonli qaroriga asosan o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2015 y., 39-son, 511-modda) O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risidagi nizomga 4-ILOVA O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida harakatlarni bajarishga va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishga ruxsatnomalar berish SXEMASI O’simlik dunyosi ob&r

Toshkentda ob-havo

Harorat: 4°

Namlik 70% Shamol 6.95 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (94)