Muhofaza etiladigan tabiiy xududlar to`g`risida

 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING  QONUNI

03.12.2004 y.

N 710-II

MUHOFAZA ETILADIGAN

TABIIY XUDUDLAR TO’G’RISIDA

Mazkur Qonun O’zR OM 03.12.2004 y. 711-II-son

Qaroriga muvofiq amalga kiritilgan

  1. Umumiy qoidalar (1-10-moddalar)
  2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish (11-17-moddalar)

III. Davlat qo’riqxonalari (18-20-moddalar)

  1. Majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari (21-22-moddalar)
  2. Tabiat bojlari (23-25-moddalar)
  3. Davlat tabiat yodgorliklari (26-28-moddalar)

VII. Ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun mo’ljallangan hududlar (29-34-moddalar) VIII. Muhofaza etiladigan landshaftlar (35-41-moddalar)

  1. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun

mo’ljallangan hududlar (42-43-moddalar)

  1. Yakunlovchi qoidalar (44-49-moddalar)

UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 2-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari 3-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’jrisidagi qonun hujjatlari 4-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 5-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning toifalari 6-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga bo’lgan mulk huquqi 7-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning er uchastkalari va akvatoriya uchastkalari 8-modda. Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirish erkinligi 9-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati 10-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanishda fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning ishtiroki     1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tipik, noyob, qimmatli tabiiy ob’ektlar va majmualarni, o’simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir ko’rsatishi oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni o’rganishdan, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borishdan, ekologik ma’rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iborat. 3-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’jrisidagi qonun hujjatlari Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’jrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpojiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpojiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’jrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi. 4-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Erning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sojlomlashtirish ahamiyatiga molik bo’lgan, xo’jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to’liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi. Tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi (bundan buyon matnda rejim deb yuritiladi) o’rnatiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mo’ljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi. 5-modda. Muhofaza etiladigan  tabiiy hududlarning toifalari Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo’linadi: davlat qo’riqxonalari; majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari; tabiat bojlari; davlat tabiat yodgorliklari; ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun mo’ljallangan hududlar; muhofaza etiladigan landshaftlar; ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo’ljallangan hududlar.   6-modda. Muhofaza etiladigan   tabiiy hududlarga bo’lgan mulk huquqi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat mulkidir va uning muhofazasidadir. Er uchastkalari va boshqa tabiiy ob’ektlar xususiy buyurtma qo’riqxonalar hamda tabiiy pitomniklar tashkil etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin.  7-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va akvatoriya uchastkalari Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari tabiatni muhofaza qilish, sojlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar jumlasiga kiradi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va akvatoriya uchastkalarida mazkur hududlardan foydalanishning belgilangan maqsadiga zid har qanday faoliyat taqiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan yoki ko’rsatishi mumkin bo’lgan faoliyatni cheklash yoki taqiqlash uchun yer uchastkalarini saqlash vazifasi belgilanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etishda yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini cheklash yoki tugatish tufayli ularga yetkazilgan zararning o’rni qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan va o’rmon fondidagi yerlar ajratib berilganda qishloq xo’jaligi hamda o’rmon xo’jaligi ishlab chiqarishi ko’radigan zarar va talafotlarning o’rni qoplanmaydi. Davlat qo’riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalarining, tabiat bojlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo’riqxonalarning (ovchilik xo’jaliklarida tashkil etilgan buyurtma qo’riqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning yer uchastkalariga soliq solinmaydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda xo’jalik faoliyati yuritilayotgan bo’lsa, yer soliji undiriladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yishga alohida hollarda yo’l qo’yiladi. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat tabiat yodgorliklarini, buyurtma qo’riqxonalarni, tabiiy pitomniklarni muhofaza qilish bo’yicha zimmalariga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlamagan taqdirda ular egallab turgan yer uchastkasi olib qo’yilishi mumkin. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari hamda akvatoriya uchastkalarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni olib qo’yish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.   8-modda. Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirish erkinligi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar fuqarolar kirib chiqishi uchun ochiqdir, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O’simliklar va hayvonlarning noyob hamda yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan turlarini, bunday o’simliklar o’sadigan va bunday hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ayrim qismlariga fuqarolarning kirishi mazkur hududlar qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo’lsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan cheklanishi yoki man etilishi mumkin. Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi shu hududlarda bo’lishning maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Fuqarolarning ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda pullik asosda amalga oshirilishi mumkin. Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda aholining tarixan qaror topgan tarzda yashashi mazkur hududlarning rejimiga rioya etish sharti bilan saqlab qolinishi mumkin. 9-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 10-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanishda fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning ishtiroki Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish tadbirlarini amalga oshirishda davlat organlariga ko’maklashadilar. Davlat organlari ana shu tadbirlarni amalga oshirayotganda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning takliflarini inobatga oladilar.   Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishga aholini jalb etish maqsadida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolar vakillaridan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan maslahatlashuv komissiyalari tuzilishi mumkin. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va ularning qo’riqlanma zonalarini tashkil etish to’jrisidagi, ana shu hududlarda yashovchi aholining manfaatlariga daxldor qarorlar maslahatlashuv komissiyalarining xulosalari inobatga olingan holda qabul qilinadi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’jrisida axborotlar talab qilish hamda olish huquqiga ega. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilayotgan, muhofaza qilinayotgan hamda ulardan foydalanilayotganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat ekologiya ekspertizasini o’tkazishlari va jamoat ekologiya nazoratini amalga oshirishlari mumkin.  

MUHOFAZA ETILADIGAN

TABIIY HUDUDLARNI BOSHQARISH

  11-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat boshqaruvi 12-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun yer uchastkalarini zaxira qilish 13-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini tugatish 14-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri 15-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti 16-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari 17-modda. Tabiiy hududlarni muhofaza qilishni tashkil etish   11-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat boshqaruvi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 12-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun yer uchastkalarini zaxira qilish Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan yer uchastkalari zaxira qilinadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning zaxira qilingan yer uchaskalaridagi faoliyati, agar bunday faoliyat mazkur uchastkalarda muhofaza qilish mo’ljallanayotgan tabiiy ob’ektlar va majmualar saqlanishiga xavf soladigan bo’lsa, cheklanishi yoki taqiqlanishi lozim. Ana shu yer uchastkalarining yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish va foydalanish yoki ijara uchun berishga faqat davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo’lgan taqdirda yo’l qo’yiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejalar va dasturlarni, yer tuzish sxemalarini hamda hududiy rejalashtirishni, shuningdek tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga doir boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi. 13-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini tugatish Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qayta tashkil etish ularning toifalarini o’zgartirish zarur bo’lganda amalga oshiriladi. Bunda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qattiqroq rejimli toifadan yengilroq rejimli toifaga o’tkazilishiga alohida hollarda yo’l qo’yiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning faoliyat yuritishini tugatish bunday hududlar qaysi muddatga tuzilgan bo’lsa, shu muddat tugaganidan keyin, shuningdek tabiiy ofatlar hamda texnogen xususiyatdagi ta’sirlar natijasida ulardagi tabiiy ob’ektlar va majmualarning qimmatliligi hamda noyobliligi yo’qolgan taqdirda amalga oshiriladi. 14-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri bu hududlarning toifalari va turlari, ularning jujrofiy holati, miqdor va sifat xususiyatlari, ekologik, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy va boshqa jihatdan ahamiyati to’jrisidagi, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar haqidagi, shuningdek yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ularning rejimini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirayotganda mazkur hududlarni hisobga olish maqsadida yuritiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablajlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritiladi. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastriga doir axborot belgilangan tartibda beriladi. 15-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti Tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo’lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar har bir hudud bo’yicha pasport tuzadilar, unda mazkur hududni, uning rejimi va boshqaruvini tavsiflovchi ma’lumotlar ko’rsatiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportini yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 16-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tabiiy ob’ektlar va majmualarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo’yicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish yo’nalishidagi, texnikaviy va boshqa tadbirlardan iborat. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo’lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan o’tkazilishi kerak. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan belgilanadi. 17-modda. Tabiiy hududlarni muhofaza qilishni tashkil etish Davlat qo’riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari, tabiat bojlari va davlat biosfera rezervatlarini muhofaza qilish qo’riqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’jrisidagi nizomlar bilan tartibga solinadi. Qo’riqlov xodimlari davlat qo’riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari, tabiat bojlari, davlat biosfera rezervatlari shtatida turadilar hamda tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlarining barcha huquqlari va imtiyozlaridan foydalanadilar. Davlat buyurtma qo’riqxonalari va tabiiy pitomniklarni muhofaza qilish, bunday qo’riqxona va pitomniklar qaysi yuridik shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo’lsa, shu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish, bunday yodgorliklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo’lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Agar davlat buyurtma qo’riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari yuridik hamda jismoniy shaxslarga berilmagan yer uchastkalarida joylashgan bo’lsa, ularning muhofaza qilinishini ta’minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari zimmasiga yuklatiladi. Suvni muhofaza qilish zonalari, sohilbo’yi mintaqalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo’lish zonalarini muhofaza qilish, ular qaysi qishloq va suv xo’jaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida tashkil etilgan bo’lsa, shu qishloq va suv xo’jaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Suv ob’ektlarining sanitariya muhofazasi zonalari ichki ishlar organlari tomonidan qo’riqlanadi. Kurort tabiiy hududlarni va rekreatsiya zonalarini muhofaza qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’minlanadi. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo’ljallangan hududlar o’rmon qo’riqchilari va ovchilik xo’jaliklarining yegerlik xizmati tomonidan muhofaza qilinadi. Baliq xo’jaligi zonalarini muhofaza qilish baliqchilik bilan shujullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hamda tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan ta’minlanadi. Xususiy buyurtma qo’riqxonalar va tabiiy pitomniklarni muhofaza qilish, ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo’lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’minlanadi. Qo’riqlanma zonalar davlat qo’riqxonalari, buyurtma qo’riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatilgan bo’lsa, shu davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan muhofaza qilinadi.

III. DAVLAT QO’RIQXONALARI

  18-modda. Davlat qo’riqxonalarini tashkil etish 19-modda. Davlat qo’riqxonalarining rejimi 20-modda. Davlat qo’riqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati 18-modda. Davlat qo’riqxonalarini tashkil etish Tabiiy ob’ektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo’lgan, tipik ekologik tizimlar, o’simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda o’rganish uchun mo’ljallangan, umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat qo’riqxonalari hisoblanadi. Davlat qo’riqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklida tashkil etiladi. Davlat qo’riqxonalari bunday qo’riqxonalar to’jrisidagi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat ko’rsatadi. 19-modda. Davlat qo’riqxonalarining rejimi Davlat qo’riqxonalarining hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish bundan mustasno. Davlat qo’riqxonalarida yonjinga qarshi tadbirlar o’tkazilishiga yo’l qo’yiladi. Davlat qo’riqxonalari hududida hamda ularning qo’riqlanma zonalarida tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish taqiqlanadi. Davlat qo’riqxonalarining yoki ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo’lsa, shu davlat organlarining xodimi hisoblanmaydigan fuqarolarning davlat qo’riqxonalari hududida bo’lishiga ularda ana shu organlar yoki davlat qo’riqxonasi ma’muriyati bergan ruxsatnoma bo’lgan taqdirda yo’l qo’yiladi. 20-modda. Davlat qo’riqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati Davlat qo’riqxonalarida ilmiy tadqiqotlar bunday qo’riqxonalar shtatidagi ilmiy xodimlar tomonidan o’tkaziladi. SHartnoma asosida boshqa ilmiy tashkilotlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Davlat qo’riqxonalarida olimlar kengashlari (ilmiy kengashlar) tuziladi. Davlat qo’riqxonalarida atrof tabiiy muhit monitoringi yuritilishi shart. Davlat qo’riqxonalaridagi ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari, agar ular O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va tabiatni muhofaza qilish fondlarining mablajlari hisobiga olingan bo’lsa, davlat mulki hisoblanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning mablajlari hisobiga olingan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalariga bo’lgan mulk huquqi davlat qo’riqxonalari bilan mazkur shaxslar o’rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi. Davlat qo’riqxonalari ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan tekin foydalanadilar. Davlat qo’riqxonalarining tabiiy ob’ektlari va majmualari holati to’jrisidagi ilmiy axborot e’lon qilinishi kerak. Davlat qo’riqxonalari o’z matbuot nashrlariga ega bo’lishi mumkin. Davlat qo’riqxonalarining ilmiy fondlari muddatsiz saqlanishi kerak. Davlat qo’riqxonalarining ilmiy tadqiqotlarini muvofiqlashtirib borishni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi amalga oshiradi.  

  1. MAJMUA (LANDSHAFT) BUYuRTMA QO’RIQXONALARI

21-modda. Majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalarini tashkil etish 22-modda. Majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalarining rejimi   21-modda. Majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalarini tashkil etish Alohida ekologik qimmatga ega bo’lgan tabiiy ob’ektlar va majmualarni asl holatida saqlash uchun mo’ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari hisoblanadi. Majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladi. Majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari bunday qo’riqxonalar to’jrisidagi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat ko’rsatadi.   22-modda. Majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalarining rejimi Majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot, rekreatsiya faoliyati, atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish, shuningdek pichan o’rish va chorva mollar o’tlatish, yovvoyi o’simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun, majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari xodimlarining va mazkur qo’riqxonalarning qo’riqlanma zonalarida yashovchi fuqarolarning o’z ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarning dorivor va texnik xom ashyosini tayyorlash (yijish) bundan mustasno.

  1. TABIAT BOJLARI

  23-modda. Tabiat bojlarini tashkil etish 24-modda. Tabiat bojlarining hududlari 25-modda. Tabiat bojlarining rejimi 23-modda. Tabiat bojlarini tashkil etish Alohida ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega bo’lgan tabiiy ob’ektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish yo’nalishidagi, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish uchun mo’ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiat bojlari hisoblanadi. Tabiat bojlari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan tegishincha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladigan milliy tabiat bojlari va mahalliy ahamiyatga molik tabiat bojlariga bo’linadi. Tabiat bojlari bunday bojlar to’jrisidagi, ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo’lsa, shu davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat ko’rsatadi. 24-modda. Tabiat bojlarining hududlari Tabiat bojlarining hududi tabiat bojlariga foydalanishga berib qo’yiladigan yer uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning tabiat bojlari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi. Tabiat bojlari tashkil etilayotganda ularning hududi zonalarga bo’linadi. Tabiat bojlarining hududida qo’riqxonaga aylantirilgan zonalar, rekreatsiya, xo’jalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalari ajratib qo’yiladi. Aholini sojlomlashtirish uchun sharoit bo’lgan taqdirda tabiat bojlarida kurort tabiiy hududlar uchun nazarda tutilgan rejimli kurort zonalar ajratib qo’yiladi. Tabiat bojlari zonalarining o’lchamlari va chegaralarini o’zgartirish, ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo’lsa, shu organlar tomonidan, davlat ekologiya ekspertizasi xulosasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. 25-modda. Tabiat bojlarining rejimi Tabiat bojlari hududida zonalarga bo’linishga muvofiq tabaqalashtirilgan rejim o’rnatiladi. Tabiat bojlarining qo’riqxonaga aylantirilgan zonalarida davlat qo’riqxonalari uchun nazarda tutilgan rejim o’rnatiladi. Tabiat bojlarining rekreatsiya zonalari tabiiy ob’ektlar va majmualarning holatiga qarab turli rejimli uchastkalarga bo’linishi mumkin. Tabiat bojlarining xo’jalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalarida aholining istiqomat qilishiga, yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy ob’ektlar va majmualarga zarar yetkazmaydigan faoliyatiga yo’l qo’yiladi. Har bir zonaning rejimi tabiat bojlari to’jrisidagi nizomlarda belgilanadi. Tabiat bojlarining hududida quyidagilar taqiqlanadi: daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo’sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno); gidrologik va gidrogeologik rejimni o’zgartiradigan harakatlar; tuproq eroziyasini, o’simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlar; tabiat bojlarining faoliyati bilan bojliq bo’lmagan yo’l va muhandislik-kommunikatsiya ishlarini amalga oshirish; chiqindilarni saqlash va ko’mish, oqava suvlarni oqizish; tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish. Tabiat bojlarida tabiiy ob’ektlar va majmualarga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan faoliyatning boshqa turlari ham cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin. Tabiat bojlarining faoliyat ko’rsatishi uchun yo’llar, boshqa kommunikatsiyalar va inshootlar qurilishi zarur bo’lgan hollarda buzilgan yerlarni rekulьtivatsiya qilish, barcha tabiatni muhofaza qilish yo’nalishidagi tadbirlarni amalga oshirish albatta nazarda tutiladi.

  1. DAVLAT TABIAT YoDGORLIKLARI

26-modda. Davlat tabiat yodgorliklarining turlari 27-modda. Tabiiy ob’ektlarni davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilish 28-modda. Davlat tabiat yodgorliklarining rejimi 26-modda. Davlat tabiat yodgorliklarining turlari Noyob, o’rnini to’ldirib bo’lmaydigan, ekologik, ilmiy, madaniy va estetik jihatdan qimmatli tabiiy ob’ektlari bor muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat tabiat yodgorliklari hisoblanadi. Davlat tabiat yodgorliklari quyidagi turlarga bo’linadi: tabiiy suv ob’ektlarini saqlab qolish uchun mo’ljallangan gidrologik (botqoq, ko’l, daryo va boshqa) yodgorliklar; ayrim o’simliklarni saqlab qolish uchun mo’ljallangan botanik yodgorliklar; tabiat yaratgan relьef shakllarini saqlab qolish uchun mo’ljallangan geomorfologik yodgorliklar; qazilma ob’ektlarni saqlab qolish uchun mo’ljallangan paleontologik yodgorliklar; geologik va mineralogik hosilalarni saqlab qolish uchun mo’ljallangan geologik va mineralogik yodgorliklar.  27-modda. Tabiiy ob’ektlarni davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilish Tabiiy ob’ektlar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasi bo’yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilinadi. Tabiiy ob’ektlarni ular joylashgan yer uchastkalarini olib qo’ymagan holda davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilishga yo’l qo’yiladi. 28-modda. Davlat tabiat yodgorliklarining rejimi Davlat tabiat yodgorliklari hududida ularning asralishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi. Davlat tabiat yodgorliklari qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo’lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga bunday yodgorliklarning rejimini ta’minlash majburiyatlari yuklatiladi. Diniy maqsadlarda foydalaniladigan davlat tabiat yodgorliklari diniy tashkilotlarga yoki jismoniy shaxslarga bunday yodgorliklarni obodonlashtirish va asrash ishlarini amalga oshirish sharti bilan foydalanishga yoki ijaraga berilishi mumkin.   VII. AYRIM TABIIY OB’EKTLAR VA MAJMUALARNI SAQLAB QOLISH, TAKROR KO’PAYTIRISH VA TIKLASH UCHUN MO’LJALLANGAN HUDUDLAR 29-modda. Ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun mo’ljallangan hududlarning turlari 30-modda. Buyurtma qo’riqxonalar 31-modda. Buyurtma qo’riqxonalarni tashkil etish 32-modda. Buyurtma qo’riqxonalarning rejimi 33-modda. Tabiiy pitomniklar 34-modda. Baliq xo’jaligi zonalari 29-modda. Ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun mo’ljallangan hududlarning turlari Ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun mo’ljallangan hududlar buyurtma qo’riqxonalar, tabiiy pitomniklar va baliq xo’jaligi zonalari tariqasida tashkil etiladi. 30-modda. Buyurtma qo’riqxonalar Ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun mo’ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar buyurtma qo’riqxonalar hisoblanadi. Buyurtma qo’riqxonalar quyidagi turlarga bo’linadi: o’simliklar va hayvonlarning qimmatli, noyob va yo’qolib ketish xavfi ostida turgan turlarini, tirik organizmlarning ko’chib o’tish yo’llarini saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun mo’ljallangan biologik (botanik, zoologik) buyurtma qo’riqxonalar; ayrim qazilma ob’ektlar va ularning majmualarini saqlab qolish uchun mo’ljallangan paleontologik buyurtma qo’riqxonalar; qimmatli suv ob’ektlarini saqlab qolish uchun mo’ljallangan gidrologik (botqoq, ko’l, daryo) buyurtma qo’riqxonalar; nodir geologik va mineralogik hosilalarni saqlab qolish uchun mo’ljallangan geologik va mineralogik buyurtma qo’riqxonalar. Buyurtma qo’riqxonalar umumdavlat yoki mahalliy ahamiyatga molik bo’lishi mumkin. 31-modda. Buyurtma qo’riqxonalarni tashkil etish Umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qo’riqxonalar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi. Mahalliy ahamiyatga molik buyurtma qo’riqxonalar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi. Buyurtma qo’riqxonalar faoliyat muddatlari ko’rsatilmagan holda (muddatsiz) yoki kamida o’n yil muddatga tashkil etiladi. Buyurtma qo’riqxonalar davlatga qarashli yoki xususiy bo’lishi, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda bo’lishi mumkin. Xususiy buyurtma qo’riqxonalarni va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi davlat buyurtma qo’riqxonalarini tashkil etish uchun yer uchastkalari va ayrim tabiiy ob’ektlar belgilangan tartibda beriladi. 32-modda. Buyurtma qo’riqxonalarning rejimi Buyurtma qo’riqxonalarning hududida, majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalarini istisno etganda, ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan har qanday faoliyat doimiy ravishda yoki vaqtincha cheklanadi yoki tugatiladi. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi davlat buyurtma qo’riqxonalari joylashgan hududlar yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, shuningdek yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining xo’jalik maqsadidagi foydalanishidan olib qo’yilmaydi. Mazkur buyurtma qo’riqxonalar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida va (yoki) akvatoriya uchastkalarida tashkil etilgan bo’lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar buyurtma qo’riqxonalarning belgilangan rejimiga rioya etishlari shart. Har bir buyurtma qo’riqxona rejimining xususiyatlari, mazkur buyurtma qo’riqxona qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo’lsa, shu davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.   33-modda. Tabiiy pitomniklar O’simliklar va hayvonlarning ayrim turlariga zarur sharoit yaratish yo’li bilan ularni saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun mo’ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy pitomniklar hisoblanadi. Tabiiy pitomniklar yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi. Tabiiy pitomniklar davlatga qarashli yoki xususiy, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda bo’lishi mumkin. Xususiy tabiiy pitomniklarni va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi davlat tabiiy pitomniklarini tashkil qilish uchun yer uchastkalari va ayrim tabiiy ob’ektlar belgilangan tartibda beriladi. Tabiiy pitomnik qaysi o’simliklar va hayvonlar uchun mo’ljallangan bo’lsa, shu pitomnikning hududida shu o’simliklar va hayvonlarning saqlab qolinishi, takror ko’paytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.   34-modda. Baliq xo’jaligi zonalari Suv ob’ektlarini yoki ularning qismlarini o’z ichiga oladigan, noyob va yo’qolib ketish xavfi ostida turgan baliqlar va boshqa suv organizmlari turlarini saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun, shuningdek baliq xo’jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar baliq xo’jaligi zonalari hisoblanadi. Baliq xo’jaligi zonalari tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv xo’jaligi organlarining taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi. Baliq xo’jaligi zonalarida baliqlar va boshqa suv organizmlarining saqlab qolinishi, takror ko’paytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi. VIII. MUHOFAZA ETILADIGAN LANDSHAFTLAR 35-modda. Muhofaza etiladigan landshaftlarning turlari 36-modda. Kurort tabiiy hududlar 37-modda. Kurort tabiiy hududlarning rejimi 38-modda. Rekreatsiya zonalari 39-modda. Rekreatsiya zonalarining rejimi 40-modda. Suvni muhofaza qilish zonalari, sohilbo’yi mintaqalari, suv ob’ektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo’lish zonalari 41-modda. Suvni muhofaza qilish zonalarining, sohilbo’yi mintaqalarining, suv ob’ektlari sanitariya muhofazasi zonalarining hamda yer usti va yer osti suvlari hosil bo’lish zonalarining rejimi   35-modda. Muhofaza etiladigan landshaftlarning turlari Kurort tabiiy hududlar, rekreatsiya zonalari, suvni muhofaza qilish zonalari, sohilbo’yi mintaqalari, suv ob’ektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil bo’lish zonalari muhofaza etiladigan landshaftlar jumlasiga kiradi. 36-modda. Kurort tabiiy hududlar Davolash va sojlomlashtirish xossalariga, mineral manbalarga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga, qulay iqlim va boshqa sharoitlarga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kurort tabiiy hududlar hisoblanadi. Kurort tabiiy hududlar umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik bo’lishi mumkin. Umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlar O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O’zbekiston Respublikasi Sojliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi. Mahalliy ahamiyatga molik kurort tabiiy hududlar O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O’zbekiston Respublikasi Sojliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi. 37-modda. Kurort tabiiy hududlarning rejimi Kurort tabiiy hududlar uchta zonaga bo’linadi. Birinchi zonaga davolash xossalariga ega manbalar, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hududlar kiradi. Bunday zonada har qanday faoliyat taqiqlanadi, davolash xossalariga ega manbalar va balchiq bilan davolash shifoxonalarini obodonlashtirish uchun zarur inshootlar qurish bundan mustasno. Ikkinchi zonaga sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylarining hududlari kiradi. Bu zonada davolash va dam olishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan faoliyatni istisno etganda har qanday faoliyat, shuningdek bu hududda vaqtincha istiqomat qiladigan tibbiyot xodimlari va xizmat ko’rsatuvchi xodimlardan tashqari boshqa aholining yashashi taqiqlanadi. Uchinchi zonaga sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga tutash hududlar kiradi. Bu zonada davolash manbalariga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga zarar yetkazmaydigan va dam olish hamda davolanish sharoitlarini yomonlashtirmaydigan cheklangan xo’jalik faoliyati yuritishga ruxsat etiladi. Kurort tabiiy hududlar doirasida quyidagilar taqiqlanadi: foydali qazilmalarni qazib olish, mineral suvlar va shifobaxsh balchiq qazib olish bundan mustasno; kimyo, tsellyuloza-qojoz va metallurgiya sanoati korxonalarining faoliyati; daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo’sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno); zaharli kimyoviy moddalarni qo’llanish; harom o’lgan chorva mollar ko’miladigan joylarni tashkil etish; zaharli kimyoviy moddalar va mineral o’jitlar omborlarini qurish; chiqindilarni saqlash va ko’mish; joyning gidrologik rejimini o’zgartirish.   38-modda. Rekreatsiya zonalari Turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun qulay jujrofiy va iqlim sharoitlariga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rekreatsiya zonalari hisoblanadi. Rekreatsiya zonalari O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O’zbekiston Respublikasi Sojliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi. 39-modda. Rekreatsiya zonalarining rejimi Rekreatsiya zonalari tabiiy ob’ektlar va majmualarning holatiga qarab turli rejimga ega uchastkalarga bo’linishi mumkin. Rekreatsiya zonalarida quyidagilar taqiqlanadi: kimyo, tsellyuloza-qojoz va metallurgiya sanoati korxonalarining faoliyati; daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo’sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno); zaharli kimyoviy moddalarni qo’llanish; harom o’lgan chorva mollar ko’miladigan joylarni tashkil etish; chiqindilarni saqlash va ko’mish; joyning gidrologik rejimini o’zgartirish. 40-modda. Suvni muhofaza qilish zonalari, sohilbo’yi mintaqalari, suv ob’ektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo’lish zonalari Daryolarning, ko’llarning, suv omborlarining, kanallarning, kollektorlar hamda boshqa suv ob’ektlarining o’zanlariga tutash muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvni muhofaza qilish zonalari hisoblanadi. Bu zonalar ifloslanish, buljanish, sayozlanishning hamda suv ob’ektlari tuproq eroziyasi mahsullari bo’lmish loyqa bilan to’lib qolishining oldini olish maqsadida, shuningdek eng maqbul suv rejimini saqlab turish uchun tashkil etiladi. Qattiq rejimga asoslangan suvni muhofaza qilish zonalari doirasidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohilbo’yi mintaqalari hisoblanadi. Ichimlik, maishiy va davolash-sojlomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv ob’ektlariga tutash, qattiq rejim asosidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suv ob’ektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hisoblanadi. Daryolarning uvalarida, yoyilma konuslarda, toj yonbajirlarining etaklarida tashkil qilinadigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yer usti va yer osti suvlarining hosil bo’lish zonalari hisoblanadi. Suvni muhofaza qilish zonalari, sohilbo’yi mintaqalari, suv ob’ektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo’lish zonalari tegishincha tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv xo’jaligi, sanitariya nazorati organlarining, geologiya tashkilotlarining taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi. 41-modda. Suvni muhofaza qilish zonalarining, sohilbo’yi mintaqalarining, suv ob’ektlari sanitariya muhofazasi zonalarining hamda yer usti va yer osti suvlari hosil bo’lish zonalarining rejimi Suvni muhofaza qilish zonalari doirasida cheklangan xo’jalik faoliyati yuritishga yo’l qo’yiladi. Bunday zonalarda quyidagilar taqiqlanadi: daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo’sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno); zaharli kimyoviy moddalarni qo’llanish; zaharli kimyoviy moddalar va mineral o’jitlar omborlarini qurish; harom o’lgan chorva mollar ko’miladigan joylarni tashkil etish; chiqindilarni saqlash va ko’mish; kanalizatsiya-tozalash inshootlari va oqava suvlar to’planadigan inshootlar qurish; chorvachilik va parrandachilik majmualarini joylashtirish, shuningdek sujorish uchun "sharbat" (suyuq go’ng) ishlatish; avtomobilь transportini qo’yib turish, ularga yonilji quyish, ularni yuvish va ta’mirlash joylarini tashkil etish; neftь mahsulotlari omborlarini tashkil etish; zijir, kanop va teri yuvish. Sohilbo’yi mintaqalarida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklashlar va taqiqlardan tashqari quyidagilar taqiqlanadi: mineral va organik o’jitlarni qo’llanish; chorva mollarni o’tlatish; har qanday turdagi qurilish, suv xo’jaligi ob’ektlarini qurish bundan mustasno; belgilanmagan joylarda qayiqlar bojlab qo’yiladigan joylar tashkil etish. Suv ob’ektlarining sanitariya muhofazasi zonalari turli rejimli muhofaza mintaqalariga bo’linadi. Daryo o’zanlarini o’zgartirish, foydali qazilmalar qazib olish va suv ob’ektlari holatiga ta’sir qiladigan boshqa ishlarni bajarishga faqat tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv xo’jaligi organlarining, shuningdek geologiya tashkilotlarining ruxsatnomasi bilan yo’l qo’yiladi. Aholi punktlari hududida xo’jaliklararo yer tuzish va rejalashtirish o’tkazilayotganda suvni muhofaza qilish zonalarining, sohilbo’yi mintaqalarining va suv ob’ektlari sanitariya muhofazasi zonalarining chegaralarini o’zgartirish tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv xo’jaligi organlari hamda sanitariya nazorati organlari bilan kelishib olinishi lozim. Suvni muhofaza qilish zonalari va sohilbo’yi mintaqalari rejimi yer usti va yer osti suvlarining hosil bo’lish zonalariga ham tatbiq etiladi. Suvni muhofaza qilish zonalari, sohilbo’yi mintaqalari, suv ob’ektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo’lish zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.  

  1. AYRIM TABIIY RESURSLARNI BOSHQARISH UCHUN MO’LJALLANGAN HUDUDLAR

42-modda. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo’ljallangan hududlarning turlari 43-modda. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo’ljallangan hududlarning rejimi 42-modda. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo’ljallangan hududlarning turlari O’rmon fondining eroziyaga qarshi barpo etilgan o’rmonlar, shahar o’rmonlari, shaharlarning, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining yashil mintaqalari atrofidagi o’rmonlar, alohida qimmatli o’rmonlar, yonjoqzorlar, mevali daraxtzorlar, ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga molik o’rmonlar egallagan yerlari, shuningdek ovchilik xo’jaliklarining o’simlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish uchun mo’ljallangan yer uchastkalari ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo’ljallangan hududlar jumlasiga kiradi. 43-modda. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo’ljallangan hududlarning rejimi Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo’ljallangan hududlarda tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish hamda o’simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan boshqa faoliyat taqiqlanadi. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo’ljallangan hududlarda o’simlik va hayvonot dunyosidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga yo’l qo’yiladi.

  1. YaKUNLOVCHI QOIDALAR

  44-modda. Davlat biosfera rezervatlari 45-modda. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 46-modda. Qo’riqlanma zonalar 47-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyalashtirish 48-modda. Nizolarni hal qilish 49-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’jrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik    44-modda. Davlat biosfera rezervatlari Hududlarni barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish maqsadida davlat biosfera rezervatlari - biologik rang-baranglikni saqlash, tabiiy ob’ektlar va majmualardan oqilona foydalanish uchun mo’ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilishi mumkin. Davlat biosfera rezervatlari xalqaro biosfera rezervatlari tarmojiga qo’shilishi va atrof tabiiy muhitning global monitoringida ishtirok etishi mumkin. Davlat biosfera rezervatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi. Davlat biosfera rezervatlarining hududlari davlat biosfera rezervatlariga foydalanishga beriladigan yer uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning davlat biosfera rezervatlari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi. Davlat biosfera rezervatlari hududida quyidagilar ajratib qo’yiladi: tabiiy ob’ektlar va majmualarni asl holatida saqlab qolish uchun mo’ljallangan, davlat qo’riqxonalari uchun nazarda tutilgan rejimli qo’riqxonaga aylantirilgan zona; tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun mo’ljallangan, qo’riqxonaga aylantirilgan zonaga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday faoliyat taqiqlanadigan oraliq zona; davlat biosfera rezervatlarining tabiiy ob’ektlari va majmualariga zarar yetkazmaydigan xo’jalik maqsadidagi va boshqa tarzdagi faoliyatni amalga oshirish uchun mo’ljallangan zona. Davlat biosfera rezervatlarining rejimi bunday rezervatlar to’jrisidagi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.   45-modda. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Ikki va undan ortiq davlat hududida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil etilishi mumkin. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimi O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi. 46-modda. Qo’riqlanma zonalar Davlat qo’riqxonalari, buyurtma qo’riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari bilan chegaradosh hududlar qo’riqlanma zonalar hisoblanadi. Qo’riqlanma zonalarda ana shu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish uchun xo’jalik maqsadidagi va boshqa tarzdagi faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi. Qo’riqlanma zonalarning o’lchamlari va rejimi, shuningdek yer uchastkalarini saqlash vazifasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi. Davlat qo’riqxonasi qo’riqlanma zonasining bir qismi ekologik turizmni tashkil etish, mazkur hudud uchun xos bo’lgan noyob hamda yo’qolib ketish xavfi ostida turgan o’simliklar va hayvonlarning turlarini ko’paytirish maqsadida tabiiy pitomniklar barpo etish uchun hamda qo’riqxonaning boshqa ehtiyojlari uchun shu qo’riqxonaning o’ziga topshirilishi mumkin. 47-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyalashtirish Davlat qo’riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari hamda tabiat bojlari quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi: O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablajlari; tabiatni muhofaza qilish fondlari mablajlari; ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va ma’rifiy faoliyatdan keladigan daromadlar; muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning o’rnini qoplashga qaratilgan tushumlar; muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullari; musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini realizatsiya qilishdan, qonunga xilof ravishda qo’lga kiritilgan o’lja mahsulotni sotishdan tushgan pullar; yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. Majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari va tabiat bojlari ixtiyoriga ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan mablajlardan tashqari, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berishdan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yo’nalishidagi va qonun hujjatlarida yo’l qo’yiladigan boshqa faoliyatdan kelgan daromadlar ham beriladi. Davlat buyurtma qo’riqxonalarini, davlat tabiat yodgorliklarini tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun mablajlar mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qaysi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tasarrufida bo’lsa, shu mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tomonidan ajratiladi. Xususiy buyurtma qo’riqxonalar va tabiiy pitomniklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning tasarrufida bo’lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslarning mablajlari hisobidan moliyalashtiriladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning o’rnini qoplashga qaratilgan tushumlardan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullaridan, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berishdan tushgan mablajlardan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yo’nalishidagi va boshqa faoliyatdan kelgan daromadlardan, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlaridan tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun foydalaniladi.     48-modda. Nizolarni hal qilish Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi. 49-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’jrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’jrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti              I.A. Karimov  

Toshkentda ob-havo

Harorat: 4°

Namlik 72% Shamol 5.21 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (48)