Qonunlar

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 37-38-son, 373-modda)

 

«O‘rmon to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O‘rmon qo‘riqchiligi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Belgilansinki, o‘rmon qo‘riqchiligi xodimlarini belgilangan tartibda formali kiyim-bosh bilan ta’minlash xarajatlari o‘rmon xo‘jaligi korxonalari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘rmon qo‘riqchiligi xodimlarini bosqichma-bosqich ikki yil mobaynida formali kiyim-bosh bilan ta’minlashni tashkil etsin.
  4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYOYEV

 

Toshkent sh.,

2008 yil 9 sentyabr,

203-son

Toshkentda ob-havo

Harorat: 3°

Namlik 57% Shamol 2.64 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (97)