"Ko‘chat ekish aksiyasi" o‘tkazildi

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 noyabrdagi 477-f-sonli farmoyishiga asosan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Xorazm viloyatida joriy yil kuz va 2021 yil bahor mavsumlarida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarini tizimli hamda uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida Xorazm shahar K. Otaniyozov hududida "Ko‘chat ekish aksiyasi" o‘tkazildi.
   Aksiyada Bosh vazir o‘rinbosari Sh.G‘aniev, viloyat hokimi F.Ermonov, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.Bakirov, viloyat prokurori J.Xatamov hamda viloyatning boshqa mutasaddilari ishtirok etishdi. Shuningdek, aksiya davomida viloyatning iqlim sharoitiga mos har xil turdagi manzarali ko‘chatlar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
   Bugungi kunda Xorazm  viloyatida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish uchun yerlar ajratilib, ko‘chat ekishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 8°

Namlik 67% Shamol 2.48 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (0)