Mavsumning eng dolzarb tadbirlaridan biri – bu urug‘ tayyorlashdir

O‘rmon barpo qilish va ko‘chat etishtirishda urug‘ tayyorlash ishlari muhim rol o‘ynaydi. Urug‘, ko‘chatlar tayyorlashda barcha turdagi daraxt va butalar urug‘lari bilan birga noyob va xaridorgir daraxt, buta turlariga e’tibor qaratish kerak.

 Urug‘ tayyorlashda quyidagilar muhim hisoblanadi:

 - Yil davomida daraxt va buta o‘rug‘larining etilishiga qarab, jamg‘ariladi va quritiladi.

 - Onalik daraxtlar (musbat) tanlab olinib, urug‘lar teriladi.

 - Unuvchanligini saqlab qolish uchun daraxt va buta urug‘larini me’yorlar asosida saqlanishi zarur.

 - Belgilangan vaqtda terib, jamg‘arish kerak.

 - Belgilangan me’yorlar asosida quritilishi, tozalanishi, saralanishi va saqlanishi shart.

 O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan tayyorlangan urug‘larning sifati (1-2-3-sinflar), tozalik darajasi hamda yaroqsiz toifalariga bo‘linadi.

 Albatta, urug‘lar jamg‘arilgandan keyin laboratoriya tahlildan o‘tishi shart. Tahlil natijalariga ko‘ra imkon qadar 1-2-sinf (toifa)dagi urug‘lar niholxonalarda ko‘chat etishtirish maqsadida ekilsa, shundagina ko‘zlangan natijani beradi. Ekilgan urug‘larning to‘liq unuvchanligi, navdorligi va boshqa sifatlari ta’minlanadi. Sifatli nihol etishtirish uchun zamin yaratiladi.

 Respublika o‘rmon va dorivor o‘simliklar urug‘chiligi tahlil markazi va uning hududiy filiallari mavjud bo‘lib,  ko‘chat etishtirish bo‘yicha ko‘zlangan maqsadga erishishda ushbu laboratoriya tahlil markazi va uning filiallarining tahlil-natijalari juda muhimdir.

 Respublika o‘rmon va dorivor o‘simliklar urug‘chiligi tahlil markazi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlarida hududiy filiallari faoliyat olib boradi.

 O‘rmon xo‘jaliklari tayyorlangan urug‘larni belgilangan tartibda bosqichma-bosqich loboratoriya tahlildan o‘tkazishlari shart.

 Laboratoriya tahlil natijalariga ko‘ra o‘rmon xo‘jaliklari urug‘larni niholxona va o‘rmon ekish tadbirlariga maqsadli ishlatilsagina ko‘zlangan maqsadga erishamiz.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 8°

Namlik 67% Shamol 1.97 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (0)