O‘rmonlardan qo‘shimcha foydalanish

28 may kuni O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi rahbari  Bakirov Nizomiddin Jalilovich Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligida bo‘ldi. O‘rmonlardan qo‘shimcha foydalanish borasidagi ishlar bilan tanishdi. Farg‘ona viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni ijrosini ta'minlash borasida aniq reja asosida muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

28 may kuni O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi rahbari  Bakirov Nizomiddin Jalilovich Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligida bo‘ldi. O‘rmonlardan qo‘shimcha foydalanish borasidagi ishlar bilan tanishdi. 

 

Farg‘ona viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan so‘ngi 2 yilda 56 gektar na'matak, 4,5 gektar shafran) dorivor o‘simliklar ekilgan.

 


Shuningdek, 2019-2020-yillarda yong‘oq mevali (yong‘oq, bodom, pista) daraxtlarini plantasiyalari jami 342,0 gektar maydonda barpo qilindi.  Shundan 132,0 gektar pista, 29,3 gektar yong‘oq, 211,0 gektar bodom plantasiyalari tashkil qilindi.

 


Joriy yilda viloyat davlat o‘rmon xo‘jaliklarida  100 ga maydonida 400 tonnadan ziyod donli ekinlar, 40 tonnadan ziyod kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari yetishtirilmoqda.

Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligining Yangiobod, Asad, Shoberdi, o‘rmonchilik bo‘limlarida, suv yetib bormaydigan o‘rmon fondi yerlarida 5 dona artizan quduqlar tashkil etilib, 100,0 gektar yer maydoni o‘zlashtirilib, yong‘oq mevali daraxtzorlar plantasiyalari barpo qilindi.

Shuningdek, viloyat davlat o‘rmon xo‘jaliklari  tomonidan 2020 yilda asalari oilasi sonini 418 donaga, chorvachilik bosh soni 720 donaga, parrranda bosh sonini 8305 donaga hamda baliq havzasi maydoni 100 gektarga yetkazilib, 200 tonna baliq maxsuloti olinishi kutilmoqda.

Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish natijasida xo‘jalikning joriy yilda oladigan daromadi 13 mlrd so‘mga yetkazilishi va 2017 yilga nisbatan 25 barobarga oshishi rejalashtirilgan.

 

O‘rmonlardan qo‘shimcha foydalanish boshqarmasi

Toshkentda ob-havo

Harorat: 39°

Namlik 12% Shamol 7.01 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (0)