Bekobodda noqonuniy daraxt kesish holatiga aniqlik kiritildi

Bekobod davlat o‘rmon xo‘jaligining “Shirinsoy” o‘rmon bo‘limi 23 – kvartalida kesilgan daraxtlar yuzasidan Bekobod davlat o‘rmon xo‘jaligi mas’ul xodimlari aniqlik kiritadi.

Bekobod davlat o‘rmon xo‘jaligining “Shirinsoy” o‘rmon bo‘limi qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegara huddudda joylashgan shu qatori bo‘limning 23 kvartali ham shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Xavsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 05 iyuldagi 504-sonli Qarori ijrosi yuzasidan tegishli xatiga binoan chegara hududlarda muxandislik ishlari uchun maydonlar ajratilishi va daraxtlardan qisqa muddatlarda tozalanishi zarurli keltirilgan va O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining kesish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan kesish ishlari olib borilgan bo‘lib, lekin, kesish ishlari bo‘layotgan hududda Bekobod tumani Navoiy f/u “Qo‘shtamg‘ali” MFY da yashovchi fuqaro Sh.A. tomonidan belgilanmagan daraxtlar ham noqonuniyligini bilmagan holda kesganini aytib tushuntirish berdi.

Mazkur holat bo‘yicha vokea joyi o‘rganib, tuzilgan dalolatnoma va foto suratlar asosida o‘rmon fondi hududida sodir etilgan, o‘rmon qonunbuzarlik holati bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilgan. To‘plangan hujjatlarni o‘rganib chiqish va tegishli chora ko‘rish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga taqdim qilindi.

 

 

 

Manba: Berdiyarova Sh.X

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 8°

Namlik 61% Shamol 4.23 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (0)