Qozog‘iston va Qirg‘iziston Orolni qutqarish bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib oldi

2015 yilda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyatidagi ishtirokini to‘xtatgan Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan Orol dengizini qutqarish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga rozi bo‘ldi. Bu haqdagi kelishuvga Qozog‘istonning ekologiya, geologiya va tabiiy zaxiralar bo‘yicha vaziri Magzum Mirzagaliyevning Bishkekka tashrifi davomida erishildi.

 

“Qirg‘izistonlik hamkasblar bilan ishchi guruh tuzishga va muntazam ravishda, har kuni suv mavzusiga taalluqli masalalarni qayta ishlashga kelishib oldik. Jamg‘arma bo‘yicha esa Orolni qutqarish masalasini muntazam muhokama qilish uchun alohida harakat qiluvchi ishchi guruhni tuzishga kelishdik”, deb aytgan Mirzagaliyev tashrifi yakunlari bo‘yicha.

Vazir muzokaralar davomida Qirg‘iziston tomonidan Shu daryosiga suv berilishi jadvali masalasini ham ko‘targan. Uning ta’kidlashicha, bu masalani hal qilish maqsadida onlayn rejimda gidrologik ma’lumotlarni almashish tizimini joriy qilish lozim.

Shuningdek, Sirdaryo havzasidagi suv xo‘jaligi bilan bog‘liq vaziyat masalasi muhokama qilingan.

 

 

 

Manba: agromart.uz

 

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 1°

Namlik 90% Shamol 2.61 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (203)