Press-klub davom etmoqda!

Bakirov Nizomiddin Jalilovich – O‘zbekiston Respublikasi Davlat O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi raisi:

Orol muammosini xal etish ishlarida viloyatlardan uzidan 500ga yaqin hasharchilar ixtiyoriy ravishda yordam berdi. Shuningdek, Respublika o‘rmon xo‘jaliklaridan 600 ta mutaxassis yordam berishdi.

Orolning sho‘r yerlariga saksovul ekib, O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi cho‘llarini ham obodonlashtirish ustida ishlamas ekanmiz, kutgan natijaga erisha olmaymiz.

Sa’dullayev Alisher – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari:

Biz ekotizimni shakllantirishimiz kerak. Yana bir muhim jixat - hozirda saksovullar ekilyapti, lekin uni asrash uchun ham yetarlicha bilim kerak. Shuning uchun biz maxsus ekobrigadalarni tuzib, unda volonterlar bilan yordam berishni rejalashtirmoqdamiz.

Faxriddin Inog‘omov, Favqulotda vaziyatlar vazirligi vakili:

Joriy yil davomida saksovil ekish uchun butun Respublika bo‘ylab mingdan oshik qishloq xo‘jaligi texnikalar va 2,5 mingdan ortiq ishchilar Orolning qurigan qismiga keldi.

Sariyev Qaxramon, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi:

Oxirgi bir yil ichida Mo‘ynoqda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Ulardan biri sanoatni, ya’ni tadbirkorlikni rivojlanishtirish yo‘lga qo‘yilganidir. Jumladan, 3 500 000 dollar shpritsni ishlab chiqarishga investitsiya kiritilgan.2019 yilda biz mahalliy budjet hisobidan 476 mlrd so‘m investitsiya jalb qilgan xolda 93 ijtimoiy soha ob’ektlarida yangi qurilishlar, rekonstruksiya ishlarini olib bordik.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining 45 ta qishlog‘ida "Obod qishloq" dasturini amalga oshirdik.

Novitskiy Zinoviy - Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik, FVV polkovnigi:

Biz ulkan ishni olib bormoqdamiz. Va ushbu ishlarni bizning qo‘shni mamlakatlar qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Shu jumladan, Qozog‘iston ham. Birgalikda ishlagan xolda, yaqin kelajakda yagona tizimni ishlab chiqish zarur. Shunda yagona ilmiy tavsiyanoma ishlab chiqiladi, muammolar esa xal etiladi.

Mo‘ynoq tumanida 1000 gektar, Qorako‘ziq tumanida 2000 gektar yaylov yaratmoqchimiz. Allaqachon ishlarni boshlaganmiz va ayni paytda Mo‘ynoqqa 800 gektar yaylov uchun ekin ekilgan.

 

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 2°

Namlik 88% Shamol 2.55 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (123)