ARILAR YO‘QOLSA INSONIYAT HAM YO‘QOLADI

Buyuk Britaniya olimlari aynan shu fikrga kelishdi. Chunki insoniyat iste’mol qiladigan 90% mahsulot aynan arilarning faoliyati natijasida foydalanadi. So‘nggi 10 yilda arilar populyatsiyasi 30% ga qisqargan. Arilar madaniylashgan o‘simliklarning 75%., yovvoyilarning 94% ni changlatadilar. Agarda o‘simliklar changlanib, meva bermasa, so‘ng urug‘idan ko‘paymasa insoniyat va hayvonlar ochlik yoqasiga kelib qoladilar. Arilarning halokatiga quyidagilar sabab bo‘lmoqda:

-dalalarda kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlarning ishlatilishi;

-ari kasalliklari;

-havo haroratining ko‘tarilishi, issiq havoda arilar uyquga kam ketadilar, bu esa ularning holsizlanishi va o‘limiga sabab bo‘ladi.

Olimlar arilarni asrash lozimligini ta’kidlashmoqda.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 14°

Namlik 72% Shamol 9.85 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (0)