Hisor davlat qo‘riqxona: yovvoyi jonivorlarning kuzgi hisobi

Umumiy maydoni 80 986,1 ga ega bo‘lgan Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida hayvonlarni kuzgi hisobdan o‘tkazish tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbir qo‘riqxonaning 4 ta asosiy bo‘limlari, ya’ni Qizilsuv, Tanxazdaryo, Miraki, G‘ilon uchastkalarida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 60 yaqin xodimlar ishtirok etdi. Har bir bo‘limga nazoratchi xodim mas’ul bo‘lib, ularga xodimlar biriktirilib marshrutlar belgilab berildi. Hayvonlarni hisobdan o‘tkazish tartibi ularning izlari, qurgan inlari, qoldirgan axlatlari va boshqa xususiyatlar asosida, bundan tashqari foto, video tasvirlar hamda uzoqni yaqinlashtiruvchi qurilmalar orqali hisobga olish amalga oshirildi.

Qo‘riqxona asosan tog‘li hududdan iborat ekanli sababli bo‘limlar bo‘yicha biriktirilgan xodimlar o‘zlariga tegishli bo‘lgan maxsus otlar orqali hayvonlarni hisobdan o‘tkazishdi.

Ayni vaqtda yig‘ilgan ma’lumotlar umumlashtirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Manba: eco.gov.uz

Toshkentda ob-havo

Harorat: 39°

Namlik 12% Shamol 7.01 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (0)