Prezident bojxonaga oid qaror imzolaydi. 1 yanvardan boshlab yangicha tartib o‘rnatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi”ga joylashtirishni soddalashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

2020 yil 1 yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

a) tovarni bojxona hududida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etgan holda yo‘l qo‘yiladi:

olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash;

qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilash;

tovarlarni taqiq va cheklovlardan istisno etish;

b) tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari quyidagilardan iborat:

tovarlarni ishlab chiqarish;

tovarlarni qayta ishlash, shu jumladan montaj qilish, yig‘ish, yoki boshqa tovarlarga moslashtirish;

tovarni ta'mirlash, shu jumladan uni tiklash va ish holatiga keltirish;

qadoqlash, o‘rash va saralash;

tovarlarni tozalash.

Davlat bojxona qo‘mitasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari E.M.G‘aniyev va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B.Azimov zimmasiga yuklanadi.

 

 

Manba:kun.uz

Toshkentda ob-havo

Harorat: 7°

Namlik 62% Shamol 5.31 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (113)