FAOning ekspertlari o‘rmonchilikka doir loyihalarni amalga oshirish yuzasidan uchrashdi

21 noyabr kuni FAOning eksperti P.Pixachik, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili O Qaxxarov, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili A. Abdumuxtorov O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.Bakirov, Xalqaro aloqalar eksport va ekoturizm boshqarmasi bosh mutaxassisi  S. Umarov hamda Qo‘mita raisi yordamchisi Sh.Naimov O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi “O‘rmonqurilish” DUK binosining majlislar zalida FAOning vakillarini qabul qildi.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va FAO o‘rtasida hamkorlik munosabatlari hamda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar to‘g‘risida fikr almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 maydagi  PQ-2966-sonli «O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori va 2019 yil 23 avgustdagi  PQ-4424-sonli «Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan tadbirlarni hamda FAO hamkorligidagi “O‘zbekistonda tog‘ va vodiy o‘rmonlarini barqaror boshqarish” loyihasi doirasida suhbatlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.Bakirov FAO eksperti FAO tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, O‘zbekistonda o‘rmonchilik sohasini rivojlantirishda o‘z o‘rniga egaligi va kelajakda ham hamkorlikda loyihalarni birga amalga oshirishdan xursandligini e’tirof etib o‘tdi. Shuningdek, o‘rmon xo‘jaliklarini yangi texnika bilan ta’minlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish dolzarb ekanligi ta’kidlandi. Yildan-yilga xo‘jaliklar daromadlari ham oshib bormoqda. 2016 yilda jami 3 mln. dollar miqdorida daromad olingan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatgich 2017 yilda 7.5 mln. dollar, 2018 yilda 12 mln. dollar, 2019 yilda esa 20 mln. dollar daromad olish kutilmoqda. 2017 yilda o‘rmon fondi yerlari 8.5 mln.gektarni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib qariyb 12 mln. gektar yerni tashkil qilmoqda. O‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifalaridan biri o‘rmonlarni muhofaza qilish va o‘rmon barpo qilish ishlarini davom ettirish. Joriy Orol dengizining qurigan tubida

461 ming gektarda saksaul ekilganligi, 2020 yilda 700 ming gektar hududda o‘rmon barpo qilish ishlari davom ettirilishi ma’lum qildi. Shu bilan birga, o‘n ming gektar yerda pistazorlar tashkil qilish rejasi haqida aytib o‘tdi.

Suhbat davomida FAO eksperti P.Pixachek, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi FAO bilan hamkorlik qilayotgani va o‘z xissasini qo‘shayotganidan xursandligi bildirdi. Ushbu loyihani o‘rmon xo‘jaligida faoliyat olib borgan xodim boshqarayotganligidan xursandligini aytdi. Tashrifininng asosiy maqsadi, loyihalar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berish, hozirgi kunda, ko‘chatchilik, yaylovlarni boshqarish sohalarida konsepsiya ishlab chiqilganligi, FAO Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi bilan xamkorlik dasturi bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rmonlarni qayta tiklash va yer degradatsiyasiga qarshi kurash bo‘yicha 3 yilga mo‘ljallangan, umumiy qiymati 3 mln. AQSh dollari bo‘lishi mo‘ljallanganligi, ushbu loyihaga O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Ozarboyjon davlatlari vakillari ishtirok etishi ma’lumot o‘rnida aytdi. Shuningdek, GEF-7 fazasi doirasida 5 yilga mo‘ljallangan yana bir loyiha ham yaqin kunlarda ishga tushishini ma’lum qildi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisiga KADI sekretariati ochilishida katta hissa qo‘shganligi uchun minnatdorchilik bildirdi. 2020 yil may oyida qishloq xo‘jaligi sohasida O‘zbekistonda mintaqaviy konferensiya FAO tomonidan tashkil qilinayotganligi va O‘zbekiston xukumatiga tashakkurini izhor qildi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 7°

Namlik 62% Shamol 5.31 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (183)