Eron davlatidan mutaxassis va olimlar tashrif buyurishdi.

22-noyabr kuni O‘rmon xo'jaligi ilmiy tadqiqot institutiga bir guruh Eron davlatidan mutaxassis va olimlar tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad: O‘rmon xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, hamkorlikda yong‘oqmevali ekinlarning sara, mahsulot sifati yuqori, ichki va tashqi bozorga xaridorgir, mahalliy sharoitga mos bo‘lgan nav va duragaylarini yaratish, ulardan mo‘l hosil oluvchi texnologiyalarni ishlab chiqish, sanoatbop plantatsiyalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlik qilish. Ushbu maqsadda Eron islom davlatidan tashrif buyurgan olimlar bilan o‘zaro suhbat ham tashki etildi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan Eron qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi, Eron davlatidagi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi yirik va yosh olim doktor Abbos Yadullohi O‘zbekistondagi tezkor va shiddatli ijobiy o‘zgarishlardan hayratda ekanligini, qisqa muddatda boshqa sohalar qatori Qishloq va O‘rmon xo‘jaligi sohasida katta o‘zgarishlar bo‘layotganini e’tirof etdi.

Mehmonlarga O‘rmon xo‘jalik ilmiy tadqiqot institutining ilmiy salohiyati, olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan invitro laboratoriyasi, issiqxonalar bilan tanishtirilib, ularning fikri olindi.

Eronlik mutaxasislar institutdagi ilmiy salohiyat olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga, ayniqsa yosh olimlarimizning intilish va qiziqishlarini alohida e’tirof etishib, kelajakda pista, bodom, yong‘oq va boshqa mevali daraxtlarni invitro usulida ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlik qilishlarini ta’kidlashdi. Ular o‘zlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy yo‘nalishlar, mahalliy va xorijiy payvandtag va payvandustlar, ularning o‘sishi-rivojlanishi hamda hosildorlik imkoniyatlari haqida ham to‘xtaldilar.

Eronlik mutaxassis va olimlar yaqin kunlarda o‘zaro yana muloqot qilishlari, kelajakda qilinadigan ishlarni batafsil muhokama qilishlariga kelishib olishdi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 7°

Namlik 61% Shamol 6.04 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (113)