Markaziy saylov komissiyasi

Ma’lumki, Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan joriy yilning 20 oktabr – 20 noyabr kunlari saylov targ‘iboti oyligi deb e’lon qilindi.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan saylov qonunchiligini tushuntirish bo‘yicha, hamda xodimlar huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti professor yuridik fanlari doktori Feruza Muxitdinovani taklif qildi.

F. Muxitdinova saylovlar tartibidagi yangiliklar xususida ma’lumot berdi.

· Bu yilgi saylovda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Butun respublika bo‘yicha saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakillantirildi.

Ilgari har bir hududning o‘z lokal ro‘yxati asosida ish ko‘rilgan, natijada bir kishi bir necha uchastkadan ovoz berishi mumkin bo‘lardi. Ro‘yxat yagona bo‘lgani bois endi buning imkoni bo‘lmaydi, har bir saylovchining ovoz bergan-bermagani yagona bazada qayd etiladi. Shuningdek, butun oila nomidan bir kishi kelib ovoz berishi hollariga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Saylov uchastkalari haqida ma’lumotlar bir ba’zada jamlanadi. Har bir saylov uchastkasining joylashgan o‘rni, manzili elektron tarzda bir bazaga jamlanadi. Bu uchastkaga qaysi fuqarolar qarashi ham kiritiladi. Fuqarolar o‘z pasport ma’lumotlarini terish orqali qaysi uchastkaga va qaysi manzilga borishi kerakligi haqida osonlik bilan ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar ham teng huquqlilik asosida saylovlarda qatnashadi.

Avvalgi saylovlarda faqatgina qamoqda o‘tirgan, lekin hali sud hukmi chiqmagan, aybi to‘la aniqlanmagan shaxslargina saylovda ishtirok eta olgan. Endilikda jazoni o‘tash muassasalaridagi jinoyati uncha og‘ir bo‘lmagan mahkumlarga ham o‘zining saylash huquqidan foydalanishi uchun imkoniyat yaratiladi. ─ deydi Feruza opa.

Shuningdek, Nomzodlar, Partiyalari haqida ma’lumotlar berdi.

Har bir partiya o‘z dasturiga ega. Parlamentdagi beshala siyosiy partiyaning har biri alohida siyosiy kuch sifatida maydonda o‘zini namoyon qiladi, o‘rtada kuchli hamda sog‘lom raqobat bo‘ladi.

Alisher Qodirov, "Milliy tiklanish" partiyasi

Ulug‘bek Inoyatov, "Xalq" demokratik partiyasi

Aktam Haitov, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi

Boriy Alixonov, Ekologik harakat partiyasi

Narimon Umarov,"Adolat"sotsial-demokratik partiyasi:

Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman/shahar kengashlariga saylovlar 22 dekabr sanasida soat 8.00 dan 20.00 gacha davom etishi haqida aytib o‘tdi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 7°

Namlik 62% Shamol 5.45 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (113)