O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining qarori loyihasi muhokamada

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining “Plantatsiyalarda hamda davlat o‘rmon fondi uchastkalarida maqsadli foydalanish, sanoat va aholining yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun yetishtirilayotgan tez o‘suvchi daraxt va butalarni kesish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

  • Kesish uchun maydon ajratish davlat o‘rmon xo‘jaliklarining bosh o‘rmonchisi, o‘rmon begi, o‘rmonchisi yoki boshqa idoralar va yuridik shaxslar foydalanishidagi o‘rmonlarning mas’ul shaxslari tomonidan kesish rejasiga asosan amalga oshiriladi.
  • Kesish uchun ajratiladigan yer maydoni chegaralanadi va kesish uchun mo‘ljallangan daraxt va butalar belgilanadi.
  • Daraxt kesish va yog‘och tayyorlashda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
  • o‘rmon ko‘chatlariga, o‘simlik va tuproq qatlamiga zarar yetkazish;
  • kesish mobaynida yo‘llarning, ko‘priklarning, yo‘l, suv va boshqa inshootlarning holatlariga zarar yetkazish;
  • kesilgan yog‘och mahsulotlarini qoldirish va saqlash uchun mo‘ljallangan hududlardagi o‘rmon ko‘chatlariga zarar yetkazadigan, kesilgan yoki singan holatlarda daraxt va butalarni qoldirish;
  • chegara, aylanma va boshqa hudud belgilarini, daraxt, buta va ularning to‘nkalariga qo‘yilgan belgilarni yo‘q qilish;
  • ushbu Nizomda hamda boshqa qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan muhofaza qilinadigan o‘rmon ko‘chatlarini hamda urug‘lik yoki ekish qalamchalari olish uchun ajratilgan daraxt va butalarni kesish va ularga zarar yetkazish;
  • kesish uchun belgilangan muddat tugaganda (ma’lum vaqtgacha to‘xtatilgan taqdirda ham) hamda foydalanish huquqi berilgan shartnoma muddati tugagandan keyin kesish;
  • belgilangan muddatda yog‘ochlarni olib chiqib ketmaslik;
  • texnologik xarita ko‘rsatilmagan joyga kesilgan yog‘ochlarni olib ketish, kesilgan yog‘och mahsulotlarini yo‘l yoqasiga olib chiqish;
  • kesish ishlari olib borilgan yer maydonini tozalamaslik yoki o‘z vaqtida tozalashga ulgurmaslik;
  • yuk ortish va uni olib chiqish maydonlaridagi unumli yer ustki qismini yo‘q qilish.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 21°

Namlik 37% Shamol 4.5 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (0)