Rahbarlar qabuliga elektron navbat orqali yozilish tartibi joriy etilishi mumkin

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning qabuliga elektron navbat orqali yozilish tartibini joriy etish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, mansabdor shaxslarning topshiriqlar bo‘yicha hududlarda yurishi, xizmat safarlarida bo‘lishi sababli ularning qabuliga kirish doim ham oson bo‘lmaydi. 

“Shuni inobatga olgan holda, amaldagi tartibga qo‘shimcha ravishda onlayn tarzda mansabdor shaxslarning qabuliga yozilish imkoniyatini yaratishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi. 

Bildirilishicha, bunda fuqaro onlayn qabulga yozilish jarayonida o‘z murojaatiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni ilova qilsa, qabul vaqtida rahbar va mas'ul xodimlar murojaatni yanada samarali hal etadilar.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning qabuliga elektron navbat orqali yozilish imkoniyatini joriy etishni taklif qilaman”, - deyiladi petitsiyada.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 28°

Namlik 32% Shamol 8.3 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (158)