O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi

Hurmatli vatandoshlar, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi jamoasi Sizlarni kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi bayrami munosabati bilan chin dildan qutlaydi.

Bugun yurtimizning qay bir go‘shasiga bormang go‘zal tabiati va yashil bog‘larini ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Bularning barchasi mehnatkash xalqimizning tabiatsevarligi va bunyodkorligi bilan bog‘liqdir. Istardikki, bayram shukuhi har biringizni yaxshi niyatlar va ezguliklar sari undayversin. Xonadoningizdan qut-baraka, qalbingizdan quvonch, yuzingizdan tabassum arimasin. Xalqimiz farovonligi, vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 28°

Namlik 32% Shamol 8.3 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (158)