Orolbo‘yida bir kuz-qish mavsumida 42 yillik ish bajarildi

Orol dengizi qurishining xavfli ta’sirini kamaytirish, hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun 2018-2019-yil qish bahor mavsumida 500 ming gektarlik o‘rmonzorlar vujudga keltirildi. 2021 va 2022-yillarda yana 700 ming gektar yerga 100 milliondan ortiq saksovul ekiladi.

2018-2019-yil kuz-qish mavsumida 500 ming gektar maydonga muhofaza o‘rmonzorlarini yaratish uchun daraxt o‘tqazilgan. Bu Ayrim mutaxassislar ushbu ko‘rsatkichni 42 yillik natija bilan taqqoslagan – o‘tgan yillar davomida 400 ming gektar maydonga saksovul ekilgan.

Yana 100 million ko‘chat ekiladi

Rejalarga ko‘ra, ikki yilda 700 ming gektar yer yashil hududga aylantirilishi mumkin. Shuningdek, o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 1,5 ming tonna saksovul, 300 tonna qandim, 150 tonna qoraburoq va 50 tonna cho‘l ozuqa o‘simliklari urug‘ini to‘plash, 100 million donadan ortiq saksovul ko‘chati tayyorlash, 100 kilometr masofada qumni zichlash, shuningdek, cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va hamkorlik o‘rnatish rejalanmoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida Orolbo‘yida ekologik holatni barqarorlashtirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, bandlikni oshirish, chorvachilikni rivojlantirish mumkin bo‘ladi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 28°

Namlik 32% Shamol 8.3 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (158)