Saksonota o‘rmon xo‘jaligida ko‘rgazmali-amaliy seminar

Saksonota o‘rmon xo‘jaligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 maydagi “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2966-son qarorida belgilab berilgan vazifalar xususan shafran (za’faron) o‘simligi tuganak piyozlarini ekish va parvarishlashda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar to‘g‘risida ko‘rgazmali-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda. Seminar kun tartibidan tizimdagi shafran (za’faron) ekuvchi o‘rmon xo‘jaliklarida shafran ekish uchun yer maydonlarini tayyorlash va ekish ishlarini amalga oshirish hamda 2018 yilda shafran ekilgan maydonlarda o‘simlikni parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar natijalari o‘rin olgan.

Ushbu seminar yig‘ilishida tizimdagi shafran (za’faron) ekuvchi o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari va shafran o‘simligini yetishtirish ishlariga mas’ul mutaxassislarining shaxsan ishtirok etishi ta’minlanadi O‘zbekistonda ekma za’faron (shafran) plantatsiyalarini tashkil etish hamda mahalliy sharoitda sifatli dorivor, oziq ovqat esportbop xom-ashyoni tayyorlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘simlik tuganak piyozlarini chetdan olib kelishda bojxona to‘lovlaridan ozod etish to‘g‘risida 2017 yil 30 noyabrda № F-5126 sonli farmoyishi qabul qilindi.

Mazkur farmoyishga asosan “Shafran IIChM” MChJ ning ilmiy maslahatlari asosida “Brand Investment Group” MChJ va Gollandiyaning “Mts Shipper” kompaniyasi o‘rtasida za’faron (shafran) tuganak piyozlarini harid qilish va O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 2017 yilning avgust oyida Gollandiyadan O‘zbekistonga 36,4 tonna o‘simlik tuganagi olib keltirildi. Shunga asosan, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasining turli iqlim va tuproq sharoitidagi hududlari: Andijon (Izboskan tumanidagi O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufidagi 5 ga maydonda), Toshkent (Yuqori Chirchiq tumanidagi “Brand Investment Group” MChJ tasarrufidagi 21 ga maydonda) va Qashqadaryo (Shahrisabz tumanidagi “Brand Investment Group” MChJ tasarrufidagi 10 ga maydonda) viloyatlarida ekma za’faron (shafran) tugunak piyozlari ekildi va keng masshtabli dastlabki 36,4 ga maydondagi plantatsiyalar tashkil etilgan.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 4°

Namlik 81% Shamol 3.31 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (180)