- 10 Dekabr 2019 Seshanba
-
O`zbekchaРусскийEnglish
- +998 71 273 37 68
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonda bo‘lib turibdi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Abdulla Aripov va O‘zbekiston delegatsiyasi 11-12 avgust kunlari Turkmanistonning Turkmanboshi shahridagi “Avaza” turizm zonasida tashkil etilgan 1-Kaspiy iqtisodiy forumida ishtirok etmoqda. Forumda Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Ozarboyjon, Eron, Bolgariya va boshqa davlatlardan kelgan delegatsiyalar qatnashmoqda.
O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov forum doirasida Eron birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriyni qabul qilgan. Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, istiqboldagi vazifalarni belgilab olish bo‘yicha fikr almashildi. Tomonlar Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan bir-birini tabriklagan.
Harorat: 9°
Namlik 90% Shamol 3.61 м/c