O‘zbekiston va AQSh Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov AQSh Davlat departamentining Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam berish bo‘yicha koordinatori Jeyms Kulikovski bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston - AQSh aloqalarining yuqori sur’atda ekanligi va 16-23 iyul kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga amalga oshirgan tashrifining muvaffaqiyatli yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Ta’kidlanganidek, mazkur tashrif yakunlari turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarini yanada rivojlantirishning amaliy masalalarini ko‘rib chiqishga imkon berdi.

Shuningdek, iqtisodiy va texnologik modernizatsiya, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sud-huquq va boshqa sohalarda hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi doirasida moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali Orol ekologik fojiasi oqibatlarini yumshatishda hamkorlik qilish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi, deyiladi TIV xabarida.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 28°

Namlik 27% Shamol 7.41 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (153)