Hukumat qarori loyihasi: Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Xorazm milliy tabiat bog‘ini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Hujjat “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablarini bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yildagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-3507-son qarori 7-ilovasining 80- va 146- bandlari ijrosini ta’minlash, Amudaryo deltasida tabiiy to‘qay resurslarini muhofaza qilish, qayta tiklash, shuningdek Xorazm viloyatidagi cho‘l ekotizimlarini saqlash va viloyatda ekoturizmni rivojlantirish maqsadida qabul qilinadi.

Xorazm viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Xorazm viloyatining Urganch, Xonqa, Xiva, Yangibozor va Hazorasp tumanlari hududida, davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida, umumiy maydoni 21687,5 gektar bo‘lgan Xorazm milliy tabiat bog‘ini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinadi.

Quyidagilar:

tabiat bog‘iga doimiy foydalanishga beriladigan yer uchastkalarining maydoni;

tabiat bog‘ining qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari;

tabiat bog‘i xodimlarining cheklangan umumiy soni 38 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 6 nafardan iborat bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi tasdiqlanadi.

Belgilanishicha:

tabiat bog‘i Davlat ekologiya qo‘mitasining yuritishida bo‘ladi;

tabiat bog‘ini moliyalashtirish Respublika davlat budjeti va qonunda ta’qiqlanmagan boshqa manbalardan amalga oshiriladi.

Xorazm viloyati hokimligi:

tabiat bog‘i ijro etuvchi apparati uchun Urganch tumani, Tajriba stansiyasi mahallasi, Zilol ko‘chasida yangi qurilgan binoga joylashtirishni;

tabiat bog‘iga ajratilgan yer uchastkalarida joylashgan infratuzilma ob’ektlarining keyinchalik tegishliligi va ulardan foydalanish masalalari hal etilishini;

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda tabiat bog‘i uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish va ajratish materiallarini rasmiylashtirishni;

yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bo‘yicha, qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalari chegaralarini belgilashni;

yer-kadastr hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni ta’minlaydi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 9°

Namlik 90% Shamol 3.61 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (113)