“CHODAK” DAM OLISH MASKANI, TOG‘LAR BAG‘RIDAGI IKKI KUNLIK SEMINAR

O‘rmon xo‘jaligi Qo‘mitasi mutaxassislari kuni kecha 20-21 iyul kunlari Namangan viloyati, Pop tumani, Pardatursun qishlog‘i “Chodak” dam olish maskanida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy o‘quv seminarida bo‘lib qaytishdi. Dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish va qayta ishlash, chorvadorlar, yaylovlardagi muammolarni o‘rganish va tahlil qilishga qaratilgan seminarda mutaxassislar bilan bir qatorda OAV xodimlari ham ishtirok etishdi. Tabiat go‘zalligi hamohangligida o‘tgan mazkur o‘quv-amaliy seminarida cho‘ponlar bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil qilinib, mahalliy ekspertlardan iborat mutaxassislar chorvadorlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan maslahatlar berishdi va takliflar tinglandi.

Qolaversa ushbu o‘rmon xo‘jaligida joylashgan ekoturizm hududlari tahlil qilinib turistlar va investorlar e’tiborini jalb qilish maqsadida dam olish ob’ektidagi shart-sharoitlar o‘rganildi.

Tadbir dasturi ikki kun davom etib, uning birinchi kunida seminarning ochilishi, spikerlarning chiqishi, qatnashchilarni ekoturistik hududlar va hududdagi dorivor o‘simliklarni qay tariqa yetishtirish va qayta ishlash jarayoni bilan tanishtirildi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 29°

Namlik 26% Shamol 4.26 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (92)