Pavloniya – manzarali daraxt

Pavloniya – Bu daraxt dunyoda eng chiroyli 20 ta daraxtlar orasida joy olgan yirik bargli qo‘ng‘irsimon gulli xushmanzara daraxtdir. Uning bo‘yi 20-25 metrgacha yetadigan, shoh-shabbasi yoyiq bo‘lib o‘sadigan daraxtdir. Pavloniya Markaziy Xitoydan keltirilgan. Pavloniya tuproq tanlamaydi. O‘rtacha nam yerda o‘sadi. 1 gektar maydonga ekilgan Pavloniya ko‘chtidan 1 yilda 70 ming kilogram quruq yoqilg‘i olish mumkin. Pavloniyadan yoqilg‘i uchun tayyorlangan pelet ekologik toza mahsulot hisoblanadi, pelet yonganda o‘zidan yuqori darajada issiqlik ajratadi va uzoq yonib turishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Dunyo bozorida Pavloniya yog‘ochining 1 m kubini 200 AQSh dolloridan 800 AQSh dollorigacha sotiladi.
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining xodimlari tomonidan hozirda Pavloniya daraxti ko‘chatlari va nihollari yetishtirilmoqda. Respublikamizda Pavloniya daraxtini ko‘kalamzorlashtirish va obodonashtirishda, uning plantatsiyalarini barpo etish esa juda katta iqtisodiy samara berish bilan birga , aholini muqobil yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda katta ahamiyatga egadir.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 12°

Namlik 35% Shamol 8.89 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (165)