17 iyun "Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish kuni"

17 - iyun kuni har yili -"Butunjahon cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish kuni" sifatida nishonlanadi. Bu sana BMTning cho’llanishga qarshi kurashish Konvensiyasi, 1994 yilda BMTning atrof muhitni muhofaza qilish Konferensiyasida qabul qilingan bo’lib, bu 3 ta Konvensiyaning biridir. (Bular cho’llanishga qarshi kurashish Konvensiyasi, Iqlim o’zgarishi Konvensiyasi va Biologik xilma xillikni asrash Konvensiyalaridir). O’zbekiston Osiyo mintaqasidan birinchilardan bo’lib Konvensiyaga a’zo bo’lgan davlatlardan hisoblanadi va ushbu Konvensiya 1995 yil 31 avgustda Parlament tomonidan ratifikatsiya qilindi. 1996 yildan kuchga kirdi. Bugungi kunda mazkur Konvensiyaga 195 ta davlat a’zo.

O’zbekistan Respublikasida "Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha KONVYENSIYANING xalqaro majburiyatlarini bajarish vazifasi Hukumat qarori bilan 1996 yildan beri "O’zgidromet" tashkilotiga yuklatilgan edi va ular o’z faoliyatini 2019-yilning 22 fevraligacha ya’ni 23 yil davomida cho’llanishga qarshi kurashish bo’yicha loyihalarni bajarilishini muvofiqlashtirib bordi. Shu davr ichida ko’zga ko’rinarli yaxlit ishlar qilinganligi sezilmayapti.

Hozirgi kunda O’zbekistonning 70 % yoki 31,4 mln gektar yeri qurg’oqchil maydonlardan iborat bo’lib, ular asosan tabiiy sho’rlangan, ko’chma barxan qumliklar va qumliklar tarqalgan hamda issiq garmsel shamollari ta’siridagi hududlardan iboratdir. Orol dengizi suv sathining qurishi tufayli O’zbekistonda yana qo’shimcha 3 mln gektardan ortiq maydonda Orolqum paydo bo’ldi. Natijada, ushbu mintaqada ekologik muhit yomonlashib, cho’llanish jarayonlari yanada kuchaydi va ko’plab ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirdi. Birgina Orolbo’yi mintaqasida joylashgan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida 2000-2018 yillar davomida 8 mln gektardan ortiq yer maydonlari turli darajada sho’rlandi va 1 mln ga yer maydonlarida eroziya xolatlari kuzatildi. Bu esa ushbu mintaqaning 96 % hududini tashkil etadi. Cho’llanish ta’sirida ushbu mintaqa hududlarida qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi qariyib 40-45 % gacha kamayib ketdi.

Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi ishlarni samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi "O’zbekistan Respublikasida cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi PQ-4204-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasiga bir qator qo’shimcha funksiyalar yuklatildi. Bular quyidagilardan iborat:

Respublikada cho’llanishni oldini olish, O’rmonlarni qayta tiklash va ixota o’rmonlarini ko’paytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

O’zbekistan Respublikasining cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish;

Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish masalalari bo’yicha xalqaro va mintakaviy tashkilotlar bilan samarali o’zaro xamkorlikni ta’minlash;

O’zbekistan Respublikasida cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan

vazirlik, idora maxallyi ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;

Konvensiya talablarini bajarish doirasida “O’zbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi vazifalarini amalga oshirish;

Respublikamizda ''Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurash" ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida qo’mita tomonidan 2019-2023 yillarga mo’jallangan "Yo’l haritasi" ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 26 aprelda tasdiqlandi va hozirgi kunda ishlar shu asosda tashkil etilmoqda. Yo’l haritasida 16 banddan iborat tadbirlar belgilangan bo’lib respublikamiz uchun eng dolzarb qaynoq hududlar tanlab olingan va qisqa muddat ichida quyidagi ishlar amalga.oshirishga erishildi.

Orol dengizining qurigan tubini o’rmonlashtirish buyicha hukumatning 2019 yil 15 fevraldagi 132- sonli qarori qabul qilindi. Qarorga ko’ra 2019 yilda 500 ming gektar o’rmon barpo etish belgilandi. Ushbu qarorni bajarish maqsadida 1,5 ming tonnadan ortiq cho’l o’simliklari urug’lari tayyorlandi. 1mln 126 ming ga o’rmon barpo etish uchun yer (ariqlar) tayyorlandi, 461 ming gektar maydonda o’rmon barpo etildi. Ushbu tadbirni bajarishga 1500 dan ortiq ishchi xodimlar, 500 ga yaqin texnika, 2 ta samolyotlar safarbar etildi. Kuzgi mavsumda ushbu ishlar davom ettiriladi

Bundan tashqari Buxoro viloyatida Qizilqum cho’lidan sug’oriladigan vodiy yerlarini xamda infrastrukturalarni qum bosishidan saqlash maqsadida 200 ming gektardan ortiq maydonda Buxoro yashil qalqonini yaratish maqsadida saksovuzorlar barpo etish bo’yicha ishlar boshlangan.

"Yo’l xaritasi" bo’yicha Navoiy viloyatining Nurota tog’ oldi yerlaridagi ochiq bo’sh maydonlarda 10 ming gektar maydonda pista plantatsiyalari tashkil etish belgilangan bo’lib, bugungacha 1,5 ming gektarda tashkil etildi va yaqin 4-5 yil ichida to’liq bajarilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, o’rmon fondi yerlaridan tashqari qishloq xo’jaligining sug’oriladigan yerlarini meliorativ holatini yaxshilash, suv xo’jaligi ob’ektlarini qum bosishdan himoya qilish maqsadida ixota daraxtzorlari barpo qilish ishlari Davlat Dasturiga kiritildi. Ushbu dasturga asosan 2018 yilda 500 gektar va 2019 yil bahorida 1000 gektardan ortiq maydonda ixota daraxtzorlari barpo etildi va yil yakuni bilan 2500 gektar maydonda bajarilishi ta’minlanadi. Kelgusida cho’llanishga va qurg’oqchilikka qarshi kurash ishlarini yanada samaraliroq tashkil etish maqsadida "Cho’llanish va yerlarni tanazulliga (degradatsiyasiga) qarshi aktual masalalarni muhokama qilish bo’yicha Xalqaro platforma tashkil etish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Shu kabi yana bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu masalalar bo’yicha qilinadigan ishlar juda ko’p. Bugungi davra suhbatini o’tkazishdan maqsad cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga keng tadbiq etish, mahalliy aholini cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashishi bo’yicha habardorligini oshirish, yerlardan barqaror foydalanishni tashkil etishdi

Toshkentda ob-havo

Harorat: 12°

Namlik 35% Shamol 11.42 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (165)