22 may - Xalqaro biologik xilma-xillik kuni munosabati bilan xalqaro sessiya tashkil etildi.

 

Har bir inson tabiatga ajdodlardan o‘ziga qoldirilgan omonatdek qarashi, uni boricha asrab kelajak avlodlarga yetkazishi kerak, - dedi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdishukur Hamzayev Xalqaro Press klubning 22 may - Xalqaro biologik xilma-xillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan sessiyasida.

To‘g‘ri, ko‘plab ishlar qilinmoqda, ammo bioxilma-xillikni saqlash qiyin bo‘lmoqda. Bunga tog‘ yonbag‘irlarida o‘rmonlarni kamayib ketganligi, hayvonlarni ayovsiz qirilib, pistazorlarni chopib tashlangani, yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida sel xavfini oshib borayotgani va hokazo holatlarni misol qilib keltirish mumkin.

A.Hamzayevning aytishicha, so‘nggi vaqtlarda antropogen omillar natijasida dunyoda yiliga 11 million gektar o‘rmonzorlar kesib tashlanmoqda. Bu degani bir daqiqada 21 gektar o‘rmon yo‘q qilinmoqda. O‘zbekistonda o‘rmon fondi yerlari 11 million gektar, lekin shuning bor-yo‘g‘i 3,2 million gektari o‘rmon bilan qoplangan maydon hisoblanadi.

A.Hamzayevning so‘zlariga ko‘ra O‘zbekistonda ko‘plab hayvonot va o‘simlik dunyosi yo‘qolib ketish xavfi mavjud. Hududlardagi dorivor o‘simliklarni keskin, noto‘g‘ri usulda kesilishi natijasida ko‘plab noyob o‘simlik turlari yo‘qolib ketmoqda. Tojik kavragi, kiyik o‘ti, na’mataklar shular jumlasidandir. Kavrakzorlar 10 yillar avval Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 35-40 ming gektar bo‘lgan. Bugungi kunda 50-60 foizga kamayib ketgan. O‘z vaqtida e’tibor qaratmasak, yaqin o‘n yillar ichida bu turlarni ham yo‘qotishimiz mumkin. Hayvonot dunyosi ham saqlanishi kerak. Afsuski, bitta yovvoyi hayvonni tutish uchun butun boshli to‘qayga o‘t qo‘yish holatlarini ham eshitamiz, guvohi bo‘lamiz. Bu borada qonunchilikni kuchaytirib, tegishli choralarni ko‘rish, bu ishlar oqibatini xalqimiz ongiga singdirishimiz borishimiz lozim.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 12°

Namlik 35% Shamol 8.89 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (165)