O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘tgan davrda qanday ishlarni amalga oshirdi?

Xalqaro press-klubning "O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligining yangi davri: muhim vazifalar va muammolar tahlili" mavzusida press-tur va XPK sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi Nizomiddin Bakirov o‘rmon xo‘jaligi bir nechta tashkilotlar tarkibida bo‘lgani, hozirda o‘rmonchilik yagona tizim asosida tartibga solingani, O‘zbekistonning 7 foizi o‘rmonlardan iborat ekanligi aslida tashvishli holat bo‘lib, ularni ko‘paytirish har bir O‘zbekiston fuqarosining vazifasi ekanini qayd etdi.

2018 yilda 52,6 ming gektarda o‘rmon barpo qilish ishlari amalga oshirilgan. Shuningdek, 750 gektarda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etilib, buning uchun 605 tonnadan ortiq urug‘ tayyorlangan. Shuningdek, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik va pullik xizmat ko‘rsatish hisobiga 132,6 milliard so‘m qo‘shimcha daromad topilgan.400 ming dollar (o‘tgan yilga nisbatan 15 barobarga oshgan) miqdorida mahsulot va xizmatlar eksport qilingan.

O‘rmonga joriy etilgan grant loyihalariga 6 million dollar jalb etildi. Bundan tashqari ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha tabiiy hududlarda 23 ta ekoturistik marshrut ishlab chiqildi.Soxani takomillashtirish uchun Shumanay, Qonliko‘l, Shahrisabz, Fozilmon, Nurota davlat o‘rmon xo‘jaligi va “O‘rmontexnoservis”, “O‘rmoninvest”, “O‘rmonqurilish” kabi davlat unitar korxonalari tashkil etilgan.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 22% Shamol 12.65 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (129)