Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi Orol dengizi hududiga tashrif buyurdi

 

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili P.Burian boshchiligidagi delegatsiya va Global yashil o‘sish instituti bosh direktori o‘rinbosari X.Kim Orol dengizi hududiga tashrif buyurdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.Tashrif doirasida O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida trast fondi (KTShTF) doirasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Xabarda aytilishicha, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bosh boshqarmasi (DEVCO) 2021—2027-yillarda o‘z e’tiborini YeI budjetidan Orolbo‘yi uchun mablag‘ ajratishga qaratadi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Orolning qurishi oqibatlarini bartaraf etish uchun aralash moliyalash mexanizmini amalga oshirish uchun grant mablag‘larini ajratishni o‘rganmoqda.Yigilish yakunida Ozbekiston tomoni taklifi bilan BMTning Yashil iqlim fondidan (YаIF) mablagjalb qilish borasida loyihaviy hujjatlarni tayyorlash boyicha kelishuvga erishilgan.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 29°

Namlik 26% Shamol 4.26 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (153)