Qoraqalpog‘istonda 5 ta qo‘riqxona tashkil etiladi – Prezident qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 
Qarorga muvofiq, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lgan Chotqol biosferasi, Zomin, Surxon, Nurota va Qizilqum davlat qo‘riqxonalari, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hamda Davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi.
2019–2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida quyidagi 5 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etiladi:

“Janubiy Ustyurt” davlat qo‘riqxonasi;

“Beltov”, “Oqpetki” va “Oqdaryo-Qozoqdaryo ikki daryo oralig‘i” davlat buyurtma qo‘riqxonalari;

“Sudoche” davlat buyurtma qo‘riqxonasi negizida “Sudoche ko‘llar tizimi” davlat buyurtma qo‘riqxonasi.

Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi tashkil etiladi.

Qaror bilan, 2019–2022 yillarda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 29°

Namlik 26% Shamol 4.26 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (150)