9 mart kuni Toshkent shahrida “Yashil tashabbus” aksiyasi boshlandi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Yashil tashabbus” aksiyasiga start berdi.
Bugun start olgan aksiyada ishtirok etish uchun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham galstuksiz hashar o‘tkazilayotgan hududlarga bordi. O‘z qo‘li bilan daraxt ekdi.Ma’lumot o‘rnida, erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli 22 ta avtobuslar karvoni tumanlar kesimi bo‘yicha yo‘lga chiqdi. Ularga 30 830 ta turli ko‘chatlar ortilgan.
Shuningdek, poytaxtdagi 55 ta mahallaga 8 950, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, shifoxonalarga 49 220 ta, tuman hokimliklari uchun 33 000 ta, jami 122 000 dona ko‘chatlar bepul yetkazib beriladi.

Ko‘chatlar Toshkentdagi madaniyat va istirohat bog‘lari, avtomobil yo‘llari atrofiga, e’tibordan chetda qolgan va daraxtlar oz bo‘lgan hududlarga ekiladi.

Buning uchun Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi xodimlari jalb etilgan. Mahallalarda ushbu loyiha ko‘ngilli yoshlar, otaxonlar maslahati bilan olib borilmoqda.

Tadbirlarda xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchilari va diplomatik korpus vakillari ham ishtirok etib, "Do‘stlik" madaniyat va istirohat bog‘ida ko‘chat ekishlari nazarda tutilgan.Ushbu tadbir 9-25 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi va aksiya davomida poytaxtning turli tumanlarida 409.000 dona daraxt ekish mo‘ljallangan.Tadbir davomida ixtiyoriy hohlovchi ishtirok etishi mumkin va quyida kursatilgan manzil bo‘yicha bepul ko‘chat olib, o‘z mahallasida, hovlisida yoki daraxt ekish uchun maxsus ajratilgan joylarda ko‘chatlarni ekishi mumkin buladi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 11°

Namlik 93% Shamol 5.77 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (114)