O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi qarori

O’zbekiston Respublikasida cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha ishlash samaradorligini oshirish

chora-tadbirlari to’g’risida

Respublikada cho’llanishning oldini olish, o’rmonlarni qayta tiklash va ixota o’rmonlarini ko’paytirish bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda respublika xududining 70 foizi yoki 31,4 mln ga tabiiy sho’rlanishga, qum ko’chkilari, changli bo’ronlar va garmsellar tarqalishi ta’siriga uchragan qurg’oqchil va yarim qurg’oqchil maydonlardan iborat. Orol fojiasi oqibatida 5,5 mln gektardan ortiq maydonli Orolqum cho’li vujudga kelgan.

Yerlar cho’llanishining oldini olish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish soxasida amaldagi davlat boshqaruvi tizimi ushbu yo’nalishdagi ishlarni samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash imkonini bermayapti.

Cho’llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash bo’yicha ishlarni olib borish samaradorligini oshirish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini samarali bajarishni ta’minlash maqsadida:

1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 125-1 son qarori bilan qattik qurg’oqchilikni boshdan kechirayotgan va cho’lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada cho’lga aylanib borishlarga qarshi kurash buyicha BMT Konvensiyasi (keyingi o’rinlarda - Konvensiya) ratifikatsiya qilinganligi ma’lumot uchun qabul kilinsin.

2. O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasiga quyidagi qo’shimcha funksiyalar yuklansin:

respublikada cho’llanishning oldini olish, o’rmonlarni qayta tiklash va ixota o’rmonlarini ko’paytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

O’zbekiston Respublikasining cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish;

cho’llanish va qurg’qkchilikka qarshi kurashish masalalari bo’yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali o’zaro xamkorlikni ta’minlash;

O’zbekiston Respublikasida cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha dastur va loyixalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan vazirlik, idora va maxalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari ishlarini muofiqlashtirish;

 

Konvensiya talablarini bajarish doirasida O’zbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi vazifalarini amalga oshirish.

3. O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi markaziy apparatining tuzilmasida O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Konvensiya doirasida xalqaro majburiyatlar bajarilishi uchun mas’ul bo’lgan shtat birliklarini kerakli miqdorda tugatish xisobiga boshqaruv xodimlarining shtat soni 4 nafardan iborat bulgan Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etilsin.

4. O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi:

doimiy ravishda Konvensiya doirasida O’zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari o’z vaqtida va zarur darajada bajarilishini ta’minlab borsin;

cho'llanishning oldini olish, qurg’oqchilikka qarshi kurashish, o’rmonlarni qayta tiklash va ixota o’rmonlarini kupaytirish bo’yicha yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, maxalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari hamda xorijiy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar mutaxassislarini zarur hollarda jalb qilsin;

har chorakda cho'llanishning oldini olish, qurg’oqchilikka qarshi kurashish, o’rmonlarni qayta tiklash va ixota o’rmonlarini ko’paytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida bajarilgan ishlar hakida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga axborot berib borsin.

5. Tashqi ishlar vazirligi O’zbekiston Respublikasining cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish yuzasidan O’zbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi funksiyalari O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasiga yuklatilgani to’g’risida belgilangan tartibda Konvensiya Kotibiyatiga xabarnoma yuborsin.

6. O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga ikki oy muddatda:

  O’zbekiston Respublikasida cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha 2019-2023 yillarga mo’ljallangan Yo’l xaritasini;

qonun xujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchalar tug’risida takliflarni kiritsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 28°

Namlik 27% Shamol 7.41 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (92)