Qashqadaryoda Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Quyidagilar Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

o‘rmon barpo etish, o‘rmon fondini har tomonlama kengaytirish, ularni muhofaza qilish va o‘rmon boyliklaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

ajratilgan yer maydonlarida pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish hamda ko‘chatxonalar tashkil etish;

o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari hamda cho‘l hududlarida eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish;

o‘rmonlarni yong‘indan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa buzilishlaridan muhofaza qilish va nazoratini olib borish.

Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:

tabiiy o‘rmonzorlar maydonlari, dorivor o‘simliklar zaxirasi mavjud maydonlar va tuman hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlarini pista va bodom plantatsiyalarini barpo qilish hamda dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan o‘rmon xo‘jaliklariga ajratib berilishini;

Chiroqchi tumani hududidagi yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazib, tabiiy o‘rmonzorlar va samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan 18.7 ming gektar maydonni doimiy foydalanish huquqi bilan yangi tashkil etilayotgan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligiga belgilangan tartibda ajratib berilishini ta'minlaydilar.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:

yangi tashkil etilayotgan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining nizom va shtatlar jadvalini tasdiqlanishini ta'minlaydi:

pistachilik sohasini yanada rivojlantirish, pistaning mamlakatimiz tuproq iqlim sharoitiga mos serhosil va yuqori sifatli navlarini ko‘paytirish hamda kelajakda yangi istiqbolli navlarini yaratish maqsadida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Pistachilikni rivojlantirish ilmiy tajriba uchastkasi faoliyatini tashkil etadi.

Belgilab qo‘yilishicha, Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini moliyalashtirish 2019 yilda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining jamg‘arma mablag‘lari hisobidan keyingi yildan boshlab budjet, jamg‘arma, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda viloyatda mavjud tabiiy
holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxirasini o‘rganishga va yo‘qolib ketish arafasida turgan Tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov) va Kapalakqo‘nmas (Ajuga turkestanica) (Regel) (Briq)larning zaxirasi, muhofazasi, monitoringi hamda uning tabiiy o‘sish areallarida madaniy plantatsiyalarini tashkil qilish uchun yetishtirish usullarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalarni amalga oshirilishi uchun loyiha mablag‘larini ajratilishini ta'minlaydilar.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J.Bakirov va Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh.Ro‘ziyev zimmasiga yuklanadi.

Qashqadaryoda pista plantatsiyalari tashkil etiladi

Toshkentda ob-havo

Harorat: 6°

Namlik 83% Shamol 4.59 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (109)