O'rmon xo‘jaliklari yoshlar yetakchilari ishtirokidagi o‘quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Respublika yetakchilar kengashi xamkorligida, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Yoshlar oromgohi”da 14-16 dekabr kunlari o‘tkazilgan o‘rmon xo‘jaliklari yoshlar yetakchilari ishtirokidagi o‘quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan
14-16-dekabr kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari uchun ikki kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda malakali murabbiylar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar va san’at va madaniyat vakillari ishtirokida madaniy dasturlar hamda sport musobaqalari o‘tkazildi.

O‘quv-amaliy seminarning birinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari O.Hakimov hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri Bahodir Kuchqarov tomonidan ochib berilib, tizimdagi yetakchilar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Seminarda yetakchilar faoliyatini samarali tashkil yetish borasida alohida ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari oldida turgan vazifalar to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-sonli “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun mohiyati”ga qaratilgan seminar o‘tkazildi. Muloqot davomida amalga oshirilgan ishlar, kamchilik va yutuqlar muhokama etildi. Kun yakunida O‘zbekiston xalq artistlari Saidkamol Umarov, Muqaddas Xoliqovalar ishtirokida madaniy uchrashuv o‘tkazildi.

Ikkinchi kun davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti dotsentlari va o‘qituvchilari tomonidan "Yoshlarda liderlik qobiliyatini shakllantirish masalalari", "Yetakchilarning siyosiy-xuquqiy savodxonligini oshirish, ularda turli yot g‘oyalarga tashabbuskor fikrlar bilan kurashishga qodir kuchli mafkuraviy immunitetni shakllantirish" mavzularida treninglar xamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi yetakchilar Kengashi raisi F.Fazliyev tomonidan tizimdagi tashkilotlarda namunali boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatining, maqsad va vazifalari xamda ish samaradorligini oshirish to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.

Kun yakunida Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi jamoasi tomonidan madaniy dastur tashkil etildi. O’quv-seminarning so‘nggi kunida tizimda faolligi, tashabbuskorligi va samarali faoliyati uchun bir guruh yetakchilar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maxus sertifikat va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. O‘quv-seminarda 61 nafar O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi yoshlar yetakchilari hamda 8 nafar markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 19°

Namlik 31% Shamol 10.39 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (138)