Qo’mita tashkil etilgandan so’ng erishilgan natijalar

Ø Normativ bazani takomillashtirishi;

Sohaga oid 25ta shu jumladan:

-2ta qonun

-2ta Prezident Farmoni

-4ta Prezident Qarori

-1ta Prezident Farmoyishi

-12ta Vazirlar Mahkamasi qarori

-4ta Vazirlar Mahkamasi farmoyishi qabul qilindi.

 

Ø Ilmiy soha;

Institutda 10dan ziyod dunyo seleksiyasiga taaluqli bo’lgan tez o’suvchi terak, pista, limon v malina ko’chatlarini sanoat usulida yetishtirish yo’lga qo’yildi. Suvni tejaydigan innavatsion tahnalogiyalardan (gidrogel, gidraponika, eksvitro kabi) foydalanib limon, kavrak, sistanxe, shafran, shirinmiya, lavanda kabi noyob dorivor o’simliklar 100 gektar plantatsiyalari barpo etilmoqda.

 

Ø Qishloq xo’jaligi sohasi;

O’tgan davrda 3178 tonna (o’sish 111,3%) mevali, 1129 tonna (o’sish 398%) texnik va moyli, 4227 tonna (o’sish 122%) sabzavot va poliz, 4326 tonna (o’sish 120%) don va dukkakli don va 7515 tonna (o’sish 114%) ozuqabop ekinlar etishrildi. Asalari oilalari soni 15196 taga yetkazildi (o’sish 126%), parranda bosh soni 21887 taga yetkazildi (o’sish 119%), 544,5 tonna baliq yetishtirildi (o’sish 137%), mayda shohli mol soni 21712 taga yetkazildi(o’sish 121%).

 

Ø O’rmonchilik sohasida;

O’tgan davrda 46,9 ming gektar, shundan Orolning qurigan tubida 19,0 ming gektar o’rmon barpo etildi. Shuningdek, 362 tonna turli daraxt va buta urug’lari tayyorlandi. Natijada 700 gektardan ortiq maydondagi ko’chatxonalarda 41,0 mln. dona nihol va ko’chatlar yetishtirildai.

 

Ø Moddiy texnik baza;

O’tgan davrda :

  1. 26ta (yengil, maxsus van yuk) avtomashina;
  2. 47 ta (xaydov va ishlov beradigan) traktorlar va 1ta ekskavator;
  3. 60ga yaqin turli agregat va mexanizmlar xarid qilinadi;

 

Ø Dorivorchilik sohasi;

Madaniy yetishtiriladigan dorivor o’simliklar turlari 45 tadan 61 tagacha yetkazildi. 1894 gektar (o’sish 140,9%) maydonda dotivor o’simliklar madaniy plantatsiyalari barpo qilinib, 4050 tonna (o’sish 105,4%) xomashyo tayyorlandi.

Ø Grand to’g’ridan- to’g’ri investitsiya;

12ta xalqaro kompaniyalar va 6ta xorijiy o’rmon xo’jaligi bilan hamkorlik o’rnatilib, 53 ta xodim chet elda malaka oshirdi. Shunungdek, 7 ta grand loyihalar doirasida 11,2 mln AQSH dollori jalb etildi. Sohaga 2018- yilda umumiy qiymati 15mln. AQSH dollori miqdoridagi 3ta to’ridan- tog’ri xorijiy investitsiya kiritish bo’yicha kelishuv bitimi imzolandi.

Ø Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish;

Tizimdagi 800 ta kadrni malakasini oshirish maqsadida 11 ta o’quv mashg’ulotlari va seminarlar tashkil etildi. O’rmon xo’jaliklariga respublika bo’yicha 27 ta killejlar biriktirilgan.

Ø Qo’riqxona va ekoturizm;

O’rmon xo’jaliklarida yovvoyi hayvonlarni ko’paytirish uchun 5 ta maxsus pitomniklar tashkil etildi. 300 ta ekoturistik ob’ektlar pasporti hamda 15 ta ekomashurtlar ishlab chiqilib, “Wikipedia” ensiklopediyasi va “Google” tarmoqlariga joylashtirildi.

Ø Iste’mol tovarlarini ishlab chiqish;

Xo’jaliklardagi 13 ta yog’och kesish (pilogama), 53 ta yog’ochni va 2ta asalni qayta ishlash, 2 ta dorivor o’tlarni qadoqlash uskunalari soz xolatda keltirilib, 185 ta ishchi o’rni tashkil etilib, ulardan samarali foydalanmoqda.

Ø Yangi tashkil etilgan sohalar;

 

  1. Ixota o’rmonzorlarini barpo etishda ixtisoslashtirilgan “O’rmonqurilish “ DUK tashkil etildi.
  2. Sohada kommunikatsiya texnalogiyalari va boshqaruvni takomillashtirish uchun “O’rmontexnoservis” DUK tashkil etildi/

Yangidan 5 ta o’rmon, 4ta ishlab chiqarish qo’shma korxonasi tuzilib, 220 ta ishchi o’rni yaratildi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 28°

Namlik 32% Shamol 8.3 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (158)