O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida yangi davlat unitar korxonasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 
Hujjat bilan “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 20 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi tasdiqlandi. 
Quyidagilar “O‘rmontexnoservis” DUKning asosiy vazifalari etib belgilandi:
o‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga doir dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy etish;
o‘rmon xo‘jaligi sohasida o‘zaro idoralararo elektron hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron reestrlar va ma’lumotlar bazalarini shakllantirish; 
o‘rmon xo‘jaligi sohasida axborot xavfsizligini ta’minlash 
va ma’lumotlarni himoya qilishning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini joriy qilish;
o‘rmon xo‘jaligida elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimlarini shakllantirishga texnologik yondashuv amalga oshirilishini ta’minlash;
o‘rmon xo‘jaligini yuritish amaliyotiga ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribani, shu jumladan o‘rmon fondi erlarini monitoring qilishda dronlar bilan ishlash tizimini tatbiq etish;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish holatini tizimli monitoring qilib borish.

 “O‘rmontexnoservis” DUK faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilandi:
xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 27°

Namlik 25% Shamol 4.43 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (79)