Shavkat Mirziyoyev: o‘rmon xo‘jaligi alohida yirik sohaga aylanishi zarur

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2018-2019-yillarda agrar sohani rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Hozirgi kunda mazkur filial tashkil etilgan, ilmiy xodimlar tomonidan viloyatda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qator istiqbolli loyihalar ishlab chiqilgan. 2016-yilda o‘rmon yerlarida bor-yo‘g‘i 8 gektarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lsa, joriy va kelgusi yilda bu ko‘lam 830 gektarga yetkaziladi. Adir va tog‘oldi hududlarida ko‘plab doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev o‘rmon xo‘jaligida innovatsion g‘oyalarni qo‘llash, ekinlar turi va hosilini ko‘paytirish bo‘yicha maxsus jamg‘arma tuzish zarurligini ta’kidladi. 

«O‘rmon xo‘jaligi yerlarida foydalanilmayotgan imkoniyat ko‘p. Masalan, pista, yong‘oq, no‘xot, loviya kabi xaridorgir mahsulotlar, za’faron, na’matak va boshqa dorivor o‘simliklardan qancha daromad olsa bo‘ladi! Asal yetishtirish ham mumkin. Faqat ilm, izlanish, harakat kerak. Vaqti kelib, o‘rmon xo‘jaligi alohida yirik sohaga aylanishi zarur» dedi Prezident.

Manbaa: Prezident matbuot xizmati

Toshkentda ob-havo

Harorat: 3°

Namlik 57% Shamol 2.64 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (97)