O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda

Joriy yilning 18-19 mart kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan edi. Mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda 18-19 mart kunlari erta tongdan barcha hamjihatlikda obodonlik ishlariga kirishishdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi rahbar, xodimlari ham  umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash kerak, hashar kunlari mamlakatimiz bo‘ylab 44 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish va tozalash, 27 ming kilometrga yaqin uzunlikdagi ariq va lotoklarni tozalash, 8 mingdan ortiq qabriston, 760 dan ziyod ziyoratgoh va qadamjolarni obodonlashtirish, 18 millionga yaqin daraxtni oqlash va ularga shakl berish, shu bilan birga, 12 millionga yaqin manzarali, 10 milliondan ortiq mevali ko‘chat, 14 milliondan ortiq gul ko‘chati o‘tqazilishi rejalashtirilgan.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 12°

Namlik 77% Shamol 12.81 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (72)