Hay`at

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hay’atining reglamenti

1-bob. Umumiy qoidalar

1. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining hay’ati (keyingi o‘rinlarda hay’at deb ataladi) doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maslahat organi hisoblanadi.
2. Hay’at o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) to‘g‘risidagi nizom va boshqa qonun (normativ-huquqiy) hujjatlarga amal qiladi.
3. Hay’at o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq qonuniylik, nazoratda bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish, boshqaruv va kollegiallikni markazlashtirish tamoyillari asosida amalga oshiradi.  


2-bob. Hay’atning asosiy vazifalari


4. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Qo‘mita Nizomida nazarda tutilgan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Qo‘mita tizimidagi boshqarma va bo‘limlarning hamda tizim tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarining tizimli asosda eshitib borilishini tashkil etish, qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan Qo‘mita tizimi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
Qo‘mita faoliyatiga oid hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish samaradorligini har chorakda va tizimli ko‘rib chiqish;
hay’atning kengaytirilgan ko‘chma yig‘ilishlarini o‘tkazish, Qo‘mita faoliyati sohasi dolzarb masalalarining joylarda muhokama etilishini ta’minlash;
Qo‘mita markaziy apparati va uning tizimidagi lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash;
Qo‘mita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Qo‘mita va uning tizimidagi tashkilotlari rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladigan va Qo‘mita mas’ul ijro etuvchi organ hisoblangan qonun loyihalari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish.
5. Hay’at Qo‘mita vakolatiga kiradigan va kollegial muhokama etishni talab qiladigan har qanday masalani ko‘rib chiqish huquqiga ega.


3-bob. Hay’at tarkibi


6. Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Qo‘mita raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Qo‘mitada uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini muvofiqlashtiradigan, Qo‘mita raisi (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek Qo‘mita markaziy apparati bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi raisi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaliklari boshqarmalari, tizimga kiruvchi tashkilotlarning rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’at faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida vaqti-vaqti bilan uning tarkibi qisman almashtirib turiladi.
Hay’at a’zosi lavozimidan ozod etilgan holatlarda (uning tarkibiga lavozimi bo‘yicha kiradigan a’zolardan tashqari) hay’at tarkibiga kiritiladigan nomzod bo‘yicha takliflar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
8. Hay’at raisi:
hay’at faoliyatini tashkil etadi, uning yig‘ilishlarini boshqaradi, majburiyat va topshiriqlarni hay’at a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi, yig‘ilishlar rejalari, hay’at qarorlari bajarilishini umumiy nazorat qiladi;
hay’atga ko‘rib chiqishga kiritiladigan masalalarni birgalikda muhokama etish va hal qilish uchun zarur sharoitlar yaratadi;
hay’at faoliyati va uning qarorlari to‘liq hajmda qabul qilinishi uchun shaxsan javob beradi;
zarur holatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hay’at yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlar va ularning amalga oshirilishi haqida axborot beradi;
maxfiy xususiyatga ega masalalar, shuningdek davlat sirini tashkil etadigan ma’lumotlarga taaluqli masalalarni ko‘rib chiqish uchun hay’atning yopiq yig‘ilishlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
hay’atning ko‘chma yig‘ilishlarini, shuningdek boshqa kollegial organlar bilan qo‘shma yig‘ilishlar o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
hay’at raisi bo‘lmaganda uning vazifalarini Qo‘mita raisining o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
9. Hay’at a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
hay’at faoliyatining rejalari loyihalariga, hay’at yig‘ilishlarining kun tartibi va o‘tkazish tartibi, hay’at yig‘ilishlarining tasdiqlangan rejasiga qo‘shimchalar hamda o‘zgartirishlar, hay’atning navbatdan tashqari yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar, fikr-mulohazalar va tuzatishlar kiritadi;
ko‘rib chiqiladigan muammolarga doir hujjatlar va hay’at qabul qilgan qarorlar ijrosi yuzasidan materiallar bilan tanishadi;
ma’ruzachilarga savollar berish, muhokama etiladigan masalalar yuzasidan o‘z fikrini, shuningdek qabul qilinadigan qarorlar va hay’at yig‘ilishlari bayonnomasi bo‘yicha fikr-mulohazalar hamda takliflar bildiradi;
zarur holatlarda, ovoz berishda yig‘ilish bayonnomasiga alohida fikrlarni yoki yozma ravishdagi alohida fikrni kiritishni talab qiladi;
hay’at yig‘ilishlarini tashkil etish, ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha materiallar tayyorlash, hay’at qarorlarining amalga oshirilishini tashkil etish, nazorat qilish va hay’at topshiriqlarini bajarishda ishtirok etadi.
Hay’at a’zolari:
masalalarni muhokama etish va ovoz berishda teng huquqlarga ega;
hay’at yig‘ilishlarida shaxsan ishtirok etishga majbur va o‘z vakolatlarni boshqa shaxslarga berish huquqiga ega emas.
Hay’at a’zolari hay’at raisi yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxs ruxsati bilan uning yig‘ilishlarida ishtirok etishdan ozod etiladi. Bunda hay’at a’zosi muhokama etiladigan masala yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
Hay’at a’zolari egallab turgan lavozimidan (hay’at tarkibiga lavozimi bo‘yicha kiradigan a’zolaridan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda ozod etilishi mumkin.
 

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hay’ati quyidagi tarkibda tasdiqlangan:

1.    Bakirov Nizomiddin Jalilovich -   O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi
2.    Xakimov Olimjon Arzikulovich -   Raisning iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
3.    Qurbanov G‘olibjon Karimovich  -  Rais o‘rinbosari
4.    Xamzaev Abdushukur Xudoyqulovich  -  Rais o‘rinbosari – O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori
5.    Usmonov Sherzod Muxammadalievich -  Chegara, tartib va kadrlar bo‘yicha rais o‘rinbosari
6.    Utambetov Uzaqbergen Tileuimbetovich -   Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi raisi
7.    Davronov O‘ktam Tursunqilichovich  -  Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi boshlig‘i
8.    Mamatkarimov Alijon Ibragimovich  -  “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash markazi bosh direktori
9.    Arabov Saidqul Amirovich  -  “O‘rmonloyiha” davlat unitar korxonasi direktori
10.  Xadjaev Mansurxadja  -   Farg‘ona viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i
11.  Madaminov Sangin Mo‘minjonovich  -  O‘rmon qonunchiligi talablari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi etakchi mutaxassisi

Toshkentda ob-havo

Harorat: 23°

Namlik 37% Shamol 6.83 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (39)