PQ-2966 bajarilishi holati

1 band. Bajarildi.
Mazkur topshiriq ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.
Toshkent viloyati hokimligi ixtiyoridagi Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i va uningg tarkibidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Oxangaron o‘rmon xo‘jaliklari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.
2 band. Bajarildi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi, Qo‘mita tarkibiga kiruvchi tashkilot va xo‘jaliklar ro‘yxati, Qo‘mita markaziy apparatining tuzilmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tuzilmasi va viloyatlar O‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi, Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiiy bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasining tuzilmasi, davlat o‘rmon xo‘jaliklarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.
3 band. Bajarildi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha Komissiya tashkil etildi.
4,5 bandlar. Bajarildi.
Ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.
6 band. Bajarildi.
Ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.
Respublikamizning 49 ta tuman hokimligi zaxirasida turgan jami 48 ming 149 gektar cho‘l va tog‘ xududlaridagi o‘rmonzorlar bilan qoplangan hamda yaylov er maydonlari tuman hokimlarining tegishli qarorlari bilan o‘rmon xo‘jaliklari balansiga o‘tkazib berilgan.
7 band. Bajarildi.
Ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.
2017-2021 yillarda o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlarini sohaga joriy qilish, moddiy-texnika bazasini yangilash, sohaga xalqaro grantlarni jalb etish chora-tadbirlari dasturi hamda 2017-2019 yillar prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash ijro uchun qabul qilindi.
Ushbu chora-tadbirlar dasturi va prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilishini o‘z vaqtida tashkil etish O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlariga yuklatildi.
8-band. Bajarildi.
2017-2021 yillarda o‘rmon xo‘jaliklarida manzarali va mevali daraxtlar nihol va ko‘chatlarini etishtirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish yuzasidan “yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, Bosh vazir o‘rinbosari Z.T.Mirzaev tomonidan 2017 yil 6 iyulda tasdiqlandi (03/1-1028-sonli).
9 band. Bajarildi.
Mazkur topshiriq ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.
Topshiriqqa muvofiq, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda irrigatsiya o‘rmon xo‘jaliklarining er maydonlari xatlovdan o‘tkazildi.  Xatlov natijasida 3623 gektar er mavjudligi aniqlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Er kodeksi”ning 6-moddasi bo‘yicha tuman hokimlarining er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlariga asosan Andijon, Farg‘ona, Namangan va Samarqand viloyatlari hududidagi irrigatsiya o‘rmon xo‘jaliklarining 3623 gektar er maydonlari o‘rmon xo‘jaliklariga ajratib berildi.
Ushbu masala yuzasidan viloyat hokimlarining tegishli qarorlari qabul qilingan. Jumladan, tegishli tuman hokimlarining qarorlariga asosan Namangan viloyatidan 1437,4 gektar, Farg‘ona viloyatidan 2165,6 gektar, Andijon viloyatidan 173,6 gektar, Samarqand viloyatidan 42 gektar jami 3623 gektar irrigatsiya o‘rmon xo‘jaligi er maydonlari o‘rmon xo‘jaliklariga ajratib berilgan va topshirish- qabul qilish dalolatnomalari asosida qabul qilib olingan.
10 band. Bajarildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda o‘rmon xo‘jaligi tizimini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim ta’lim standartlarini, o‘quv rejalari va dasturlari tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan “O‘rmon xo‘jaligi texnigi” kasbi bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini yaratish va qayta nashr etish jadvali ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Unga ko‘ra o‘quv adabiyotlarini yangi tahririni ishlab chiqish maqsadida amalga oshirladigan ishlar, ijro muddati va mas’ullar belgilab olindi. 
11-band.Bajarildi.
Mazkur kompleks chora tadbirlar Dasturi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 25 avgust kuni tasdiqlangan.
12,13 bandlar. Bajarildi.
Ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.
O‘rmon xo‘jaliklarida talabalarning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘quv xo‘jaliklarini tashkil etildi..
2017 yilda o‘rmon xo‘jaliklariga talab etiladigan texnikalar va agregatlarni lizing asosida etkazib berish bo‘yicha “O‘zagrotexsanoatxolding” AJga talabnoma (Qo‘mitaning 09.06.2017 yildagi 06/12-1331-sonli va 11.07.2017 yildagi 06/12-1652-sonli) taqdim etildi. O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan boshlang‘ich to‘lovlari amalga oshirilib, o‘rmon xo‘jaliklariga yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalari lizing asosida etkazib berilmoqda. Bugungi kunga kelib 20 ta qishloq xo‘jaligi texnikasi etkazib berildi. 
Shuningdek, 4 ta qishloq xo‘jaligi mexanizmlarini (plug), 1 ta ekskovator va 1 ta ISUZU rusumli yuk avtomashinasi xarid qilish bo‘yicha  lizing shartnomalari tuzilgan.
Fan va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda fundamental, amaliy va innovatsion davlat ilmiy-texnika dasturlariga kiritish maqsadida:
respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlariga to‘liq moslashgan noyob manzarali, mevali daraxtlar, butalar va dorivor o‘simliklarning kasallik 
va zararkunandalarga chidamli yangi, eksportbop navlarini yaratish;
o‘rmon fondi erlarida daraxt ko‘chatlarini ekish, parvarishlash, hosilini yig‘ib-terib olish va boshqa agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha yangi turdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi, agregat va asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy loyihalar ishlab chiqilmoqda.
14 band. Bajarildi.
Qishloq xo‘jaligi erlarida hosildorlikni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ixota daraxtzorlari barpo etish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib.O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mirzaev tomonidan tasdiqlandi va ijro uchun qabul qilindi (13.06.2017 yildagi №03/1-1028-sonli topshiriq). 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda “O‘rmon xo‘jaligi sohasiga oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi va ijro uchun qabul qilindi (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 08.06.2017 yildagi 06/04-1322-sonli xati.).
15 band. Bajarildi.
“O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom“;
“Viloyatlar O‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari to‘g‘risidagi namunviy Nizom”;
“Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiiy bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom”;
“O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘risidagi Nizom”lar Vazirlar Mahkamasining 
2017 yil 19 iyuldagi 530-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
16 band. Bajarildi.
Ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.
17 band. Bajarilmoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qo‘mitani zarur telekommunikatsiyalar, Jahon Internet axborot tarmog‘iga kirish va telefon aloqasi, shu jumladan hukumat telefon aloqasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
18 band. Bajarildi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 
530-son qarori qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi hamda Hukumatning ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblandi.
19 band. Bajarilmoqda.
Mazkur qarorning ijrosi doimiy nazoratga olingan.
 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 23°

Namlik 37% Shamol 6.83 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (67)