- 17 Fevral 2019 Yakshanba
-
O`zbekchaРусскийEnglish
- +998 71 273 37 68
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2017 yil 25 avgustdagi “O‘rmon qonunbuzarliklari bo‘yicha hujjatlari va ularni hisobotini yagona na’munada yuritishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 78-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, na’munaviy “Davlat o‘rmon fondi erlarida sodir etilgan o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ov xo‘jaliklarida sodir etilgan o‘rmon qonunbuzarliklari uchun ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida Bayonnoma”, “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi davlat o‘rmon fondi erida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish va bayonnomalarni ro‘yxatga olish yo‘riqnomasi” va “Ma’muriy huquqbuzarliklar va ularni sodir etgan shaxslarni ro‘yxatga olish daftari”ni quyida ko‘rsatilgan miqdorda chop etish bo‘yicha e’lon qiladi.
Jumladan:
“Davlat o‘rmon fondi erlarida sodir etilgan o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ov xo‘jaliklarida sodir etilgan o‘rmon qonunbuzarliklari uchun ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida Bayonnoma”- 2000 (ikki ming) dona;
“O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi davlat o‘rmon fondi erida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish va bayonnomalarni ro‘yxatga olish yo‘riqnomasi”- 200 (ikki yuz) dona;
“Ma’muriy huquqbuzarliklar va ularni sodir etgan shaxslarni ro‘yxatga olish daftari” -200 (ikki yuz) dona;
Yuqoridagilar bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishingizni so‘raymiz.
Tel: 273-90-89
Elektron pochta manzili: nazorat@urmon.uz
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani Qatortol qo‘chasi 8 kv 21 uy, Indeks 100113
Harorat: 8°
Namlik 46% Shamol 6.69 м/c