O‘zbekistonda tut bargidan shifobaxsh choy ishlab chiqariladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyatda amalga oshirilayotgan bir qator iqtisodiy loyihalar taqdim qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.   

Taqdim qilingan loyihalardan diqqatga sazovorlaridan biri tut barglaridan shifobaxsh choy ishlab chiqarish bo‘ldi. Mutaxassislarning fikricha, tut bargida kofein va tanin miqdori choy barglaridan 200 marta kamroq, vitamin va minerallar miqdori esa ancha ko‘p. Tut bargi tarkibida ko‘p miqdorda V1, V2, A, S va RR vitaminlari hamda kaliy, kalьtsiy, magniy, natriy, fosfor, temir kabi mikroelementlar mavjud. 

Prezident ushbu loyihani ma’qulladi va bunday choyning aholi salomatligini mustahkamlash va import o‘rnini bosishda muhim ahamiyatga ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 

Shuningdek, viloyatning o‘rmon xo‘jaligi ham katta salohiyatga ega. O‘zbekistonda o‘suvchi shifobaxsh o‘simliklar turli sohalarda keng qo‘llanadi. Jumladan, xorijda tsistanxe va isiriqqa talab katta. Birgina tsistanxening dorivor xususiyati jenshennikiga qaraganda besh barobar yuqori.

Shavkat Mirziyoyev bunday tabiiy imkoniyatlarni to‘la ishga solish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, eksportni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

Manbaa: kun.uz

Toshkentda ob-havo

Harorat: 11°

Namlik 52% Shamol 4.9 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (84)