Go`zal maskan Burchmullo

BURCHMULLO DAVLAT O‘RMON XO‘JALIGI

           Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligi 1947 yil tashkil topilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 2 oktyabrdagi 378-55-sonli va Toshkent viloyati hokimining 2000 yil 11 oktyabrdagi 283 sonli qarori bilan Ugom-Chotqol Davlat Tabiat Milliy bog‘i boshqarmasi tarkibiga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 may PQ – 2966 – son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tarkibiga kiritildi.
             Burchmullo o‘rmon xo‘jaligi korxonasini 1 yanvar 2017 yil holatiga umumiy maydoni 354634,48 gektarni tashkil etib quydagi erlarga bulinadi: O‘rmon erlari; jami o‘rmon bilan qoplangan maydon 44146,3 gektar, madaniy o‘rmonzor 3077,9 ga, tutashmagan o‘rmonzor 2114,05 ga, o‘rmon niholxonalari 38,72 gektarni tashkil etadi.
          Burchmullo o‘rmon xo‘jaligi korxonasi hududi 11ta nazorat hududiga bo‘linib,  katta o‘rmon qo‘riqchisi (katta nozir) va o‘rmon qo‘riqchilari (nozirlar)ga har bir hudud, kvartal va videllar asosida aylanmalarga biriktirilgan. 
         Burchmullo o‘rmon xo‘jaligi G‘arbiy Tiyonshonning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi oltita tog‘ tizmalarini qamrab oladi. O‘rmon xo‘jaligi  iqlimi, o‘simliklar qoplami va hayvonot dunyosi va betakror manzaralari bilan o‘lkamizning boshqa xududlaridan farq qilib turadi. Bu erda 80 dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan o‘simlik turlari o‘sadi. Aynan o‘rmon xo‘jaligida ugom badani, piskom piyozi, piskom gursafsari, piskom astragali, piskom kiprio‘ti, korolьkov marmaragi, o‘rta osiyo noki, Minkvits teziumi, Bochantsev toshbuyurg‘uni singari o‘nlab endem turlarning o‘sish makoni hisoblanadi. Shuningdek, chimyon lolasi, chimyon piyozi, chimyon zarpechagi, takali piyozi singari kamyob turlarning asosiy populyatsiyalari aynan bu erda o‘sadi. O‘zbekiston Respublikasi tog‘li xududlaridagi daraxt va butalarning yarmidan ko‘prog‘i ham aynan mana shu o‘rmon xo‘jaligida tarqalgan. O‘tgan 30 yildan ortiq vaqt davomida tog‘li ekosistemalarni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar bilan birgalikda keng ko‘lamli ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda. Ilmiy izlanishlarning natijalari o‘rmon xo‘jaligi o‘simliklari va hayvonot dunyosining tarkibini aniqlash, ularning populyatsiyalarida kechayotgan jarayonlarni o‘rganish, kamyob va Qizil kitobga kiritilgan turlarni muhofaza etish masalalariga qaratilgan. O‘rmon xo‘jaligi  hududida 1800 ga yaqin o‘simlik dunyosi usib, undan 82 xili «Uzbekiston Respublikasi Qizil kitobi»ga kiritilgan. 


        Xayvonot dunyosi buyicha 230 xilga yaqin turlari yashaydi, shundan 32 xili O‘zbekiston va Xalqaro «Qizil kitob»lariga kiritilgan, shu jumladan  sut emizuvchilaridan qor koploni, Oqtirnokli Tyanь-Shanь qung‘ir ayig‘i, Menzbira sug‘uri, Turkiston silovsini, kichik takkaburun, parandalardan lochinlar, qumoy, baliqlardan Chotqol shaytonbaligi, Turkiston laqachasi va boshqalar. 
       O‘rmonchilik sohasi bo‘yich Burchmullo o‘rmon xo‘jaligi korxonasida ijobiy uzgarishlarga sabab bo‘ldi. Jumladan xo‘jalikning moddiy texnika bazasi mustahkamlandi, xodimlarning oylik ish xaki 1,8 martagacha ko‘paydi, xodimlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida barcha xodimlar tibbiy ko‘rikdan utkazilib kelinmoqda, o‘rmon quriqchilariga qulay shart sharoitlar yaratib berildi, ular doimiy aloqada  bo‘lishlari uchun maxsus aloqa vositalari, maxsus kiyim bosh, kardonlarda ko‘rpa tushak, xizmatda foydalanish uchun ishchi otlar, va har bir bo‘lim transport vositalari bilan ta’minlangan bo‘lib, uz navbatida har yili ekib kelinayotgan 65 gektar maydondan 225 gektarga 2000 yilga nisbatdan yangi o‘rmonzorlar barpo etish 3,5 barobarga oshirildi.
Burchmullo o‘rmon xo‘jaligi korxonasida yangi o‘rmonzorlarni barpo etish tadbirlarini bajarish borasida qator ijobiy ishlar amalaga oshirilmoqda, jumladan 2017 yilda 225 gektar maydonga  yangi  o‘rmonzorlar barpo qilish tadbirlari  amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, yarim yillik rejasi 140 gektar amalda 207,45 gektar maydonga yangi o‘rmonzorlar barpo qilindi, jumladan; Grek yang‘og‘i 134,7 gektar, bodom 49,18 gektar, namatak 12,19 gektar, terak 5 gektar, olma 6,38 gektarda.  Ekilgan yosh o‘rmonzorlarning 202 gektari  maydonchalarda, 5 gektari qatorlab  ekilgan.
         Amalga oshirilayotgan ishlar o‘rmon tuzilishi va o‘rmonlarni tadqiq etish qoidalariga mos ravishda ko‘rsatib utilgan ishlarni qabul qilish, shuningdek tabiiy resurslar holatini hisobga olish va baholash ishlari texnik qabul qilish dalolatnomalari amalga oshirilib kelinmokda.
       O‘rmon xo‘jaligi korxonasi tomonidan har yili 225 gektar maydonda yangi o‘rmonzorlarni barpo etish tadbirlari bajarilib kelinmoqda. Ekiladigan ko‘chatlarning asosiy turlari igna bargli: qirim qarag‘ayi, mojjevelьnik, sharq tuyasi, manzarali ko‘chatlardan: kashtan, dub, lipa, yasenь, klyon, terak, qayrog‘och, yapon saforasi, mevali ko‘chatlardan: grek yang‘og‘i, bodom, namatak, olma, o‘rik, olxo‘ri, olcha va boshka turdagi ko‘chatlardan iborat.
         Daraxt  urug‘chiligi va o‘rmon niholxonalari ishlarini tashkil etish va rivojlantirish borasida hozirgi kunda eng qimmatli navlardan hisoblangan qirim qarag‘ayi, tyaьnshon eli, lola daraxti, jiylon jiyda,  kashtan, grek yang‘og‘i, yapon saforasi, dub va lipa kuchatlarini ko‘paytirish ishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Xo‘jalikning 11 ta nazorat hududida o‘rmon niholxonalari tashkil qilinib, 2017 yil davomida tashkil etilgan niholxonalarida o‘rug‘dan ekib niholxonalar tashkil etish yillik rejasi  2,6 gektar bo‘lib amalda 3,08 gektar maydonga 3432 kg urug‘lar ekildi, Maktab bo‘limini tashkil etish  yillik rejasi – 4,6 gektar, amalda 5,463 getarga bajarildi, bundan tashqari 2 yoshdan 10 yoshgacha bulgan ko‘chatlarimiz mavjud bulib 28,48 gektar maydonda har xil turdagi ko‘chatlar, hammasi bo‘lib  38,72 gektar maydonda nihol va ko‘chatlar  etishtirilmoqda. Ko‘chat etishtirish ishlari  2000 yilga nisbatdan 4 barobarga oshirildi.


         O‘rmonni quriqlash va ularni asrash borasida ishlarning salmog‘i yaxshilanganligi natijasida oxirgi 5 yil ichida yong‘in sodir bo‘lmagan. 
        O‘rmonlarni kasalliklardan asrash maqsadida 7100 gektar maydonda patalogik tekshirish ishlari bajarilib, zararkunandalarga qarshi kurashning erda olib boriladigan tadbirlari sifatida  5700gektar maydonda ish olib borildi. Bundan tashkari biologik tadbirlar 1400gektar maydonda ishlar amalga oshirilmoqda, bu tadbirlarda biologik preparatlardan trixogramma, oltin kuz va gabrobrakon hashoratlari ishlatildi.      
        O‘rmonlarning holatini yaxshilash va ularning samaradorligini oshirish maksadida 2242 gektar maydonda parvarishlash ishlari olib borilgan. Ushbu  maqsadda parvarish kilish,  sanitariya kesish ishlari amalga oshirilib kelinmokda. Jumladan 31 gektar maydonda sanitar kesish ishlari amalga oshirilgan, mazkur sanitar kesish ishlaridan 133 metr kub mikdorida utin mahsulotlari tayyorlanib tog‘li joylarda joylashgan maktab, bolalar bog‘chalari, kasalxonalarni  ehtiyoji uchun ta’minlangan. 
           Shuningdek o‘rmon-mellioratsiya ishlarini, o‘rmonlarning suvini quriqlash va boshqa himoya funktsiyalari holatini saqlab qolinishi va yaxshilanishi maqsadida 40 gektar maydonda sug‘orish  tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshirildi, sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash ishlari 543gektar maydonda bajarildi.
         O‘rmon xo‘jaligi ishlari tug‘ri yurtilishi maqsadida har yili bahorgi va ko‘zgi aylanma taftishlari amalaga oshirilib, har bir aylanma hududlar bo‘yicha o‘rmon quriqchilarining olib borayotgan ish faoliyati chuqur tahlil qilinib baholanadi, taftish yakunlari yig‘ilishda muhokama qilinib, buyruq bilan rasmiylashtiriladi.


            19 yanvar 2015 yil Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida utkazilgan №5 yig‘ilish bayoniga asosan 2015-2017 yillarda o‘rmon xo‘jaliklari tizimini rivonjlantirish, dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosini etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish buyicha  bizning o‘rmon xo‘jaligimiz 2017 yil dasturi bo‘yicha 125 tonna dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosini tayyorlash va etishtirish rejalashtirilgan.
        O‘rmon xo‘jalikda 2017 yilda dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom oshyosini etishtirish va tayyorlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqarilgan. Dorivor va ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish va xom ashyosini tayorlash bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan, unga 74 xil o‘rmon xo‘jaligida o‘sadigan dorivor va ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil qilish, xom ashyosini tayorlash, yig‘ish va quritish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
        2017 yil  tayyorlanadigan dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosini sotish uchun 14 545 kilogramm uchun 53 mln 046 ming 300 so‘mga shartnomalar tuzildi. 
          Dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosini saqlash uchun zavod “Almaz” yonidagi avtogaraj bo‘limida uzunligi 42m, eni 12m, balandligi 6m jami 504 m2  hajmdagi  omborxona ajratilib,  tomlari tunuka bilan yopildi, stelyajlar qurildi va bugungi kunda  57 783 kg har xil turdagi dorivor o‘simliklar olib kelinib saqlanadi va sotilmoqda.
           Bundan tashqari hozirgi vaqtda davlatimzni oziq-ovqat programmasi hamda ishchi xizmatchilarimizga kulay shart sharoitlar yaratib berish, bularga issiq ovqat bilan ta’minlash maqsadida  yordamchi xo‘jaligiga katta ahamiyat berib kelinmoqda jumladan: o‘rmon xo‘jaligida mayda shoxli mollar soni  571 bosh, yirik  shoxli mollar soni  272 bosh, otlar soni 288 bosh, gusht ishlab chiqarish 100 tsn,  asalari oilasi  1000 qutini tashkil etadi. 
            Burchmullo o‘rmon xo‘jaligi korxonasi hududidan 4 ta daryo Chotqol, Koksu, Pskom va Ugom daryolari oqib tushib Chirchiq daryosi hosil bo‘ladi, bu daryo Toshkent shahri va viloyatini ichimlik suvi bilan ta’minlab, Toshkent viloyatining 500 ming gektar qishloq xo‘jalik erlari sug‘oriladi.

Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligi 
direktori  A.Abdujamilov
 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 12°

Namlik 77% Shamol 12.81 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (72)