O`rmon siyosati va boshqaruvi

Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligi –maxsus tabiatni saqlovchi va uni boyliklarini koʻpaytiruvchi soha. Uning asosiy vazifasi etib oʻrmonlarni takror koʻpaytirish, saqlash va oʻrmon fondi boyliklaridan oqilona foydalanish, respublik extiyojini oʻrmon va oʻrmon mahsulotlari bilan taʼminlash, oʻrmonlarni ekologik, atrof muhitni muhofaza qilish, suvni saqlash, ximoya qilish, sanitar gigenik va rekreatsion faoliyatlarini kuchaytirish hisoblanadi. 
U oʻz faoliyatida boshqa tashkilotlar va idoralar bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, ularni iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshadi.  

     
Oʻrmonlarni qoʻriqlash, muhofaza etish, foydalanish va takroriy koʻpaytirish davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻrmondan foydalanish boʻyicha asosiy siyosatni olib borish Oʻrmon xoʻjaligi davlat qo`mitasi va uning joylardagi organlariga oʻrmon xoʻjaligini muvofiqlashtiirish va boshqarish yuklatilgan.
 
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qo`mitasi oʻz ish faoliyatini 2017 yil 11-may kuni qabul qilingan “Oʻrmon xo`jaligi davlat qo`mitasi faoliyatini tashkil etish tog`risida”gi PQ-2966 Prezident qarori va Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida amalga oshiradi.  
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qo`mitasiga oʻrmon xoʻjaligini xolati va istiqbolda rivojlantirish, sohada ilmiy texnik progress, oʻrmonlardan oqilona foydalanish, koʻpaytirish, qoʻriqlash va muhofaza etishni tashkil etish, ovchilik xoʻjaligi, qoʻriqxonalar  ishi va tabiiy xalq bogʻlarini yuritishni boshqarish, oʻrmonlarni ekologik va boshqa foydali xususiyatlarini kuchaytirishni amalga oshirish masʼuliyatlari yuklatilgan.  

Toshkentda ob-havo

Harorat: 0°

Namlik 89% Shamol 10.93 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (110)