<%=description%>

Nizom

image_pdfimage_print

Ligas De Fútbol De Espana
Barato Replica Camiseta
Camiseta Champions Leag De China
Camiseta Al Por Mayor

Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 30 martdagi

160 son qaroriga

3-ILOVA

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV

XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI O‘RMON

XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI TO‘G‘RISIDA NIZOM

I.                   Umumiy qoidalar

II.                 O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari

III.              O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining huquqlari

IV.             O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish

 

I. UMUMIY QOIDALAR

1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi respublika o‘rmon xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarish organi funksiyalarini amalga oshiradi.

2. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘rmon xo‘jaligining ahvoli va uni yanada rivojlantirish, tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti, o‘rmonlardan oqilona foydalanish, ularni ko‘paytirish, muhofaza va himoya qilish, o‘rmon fondi hududida ovchilik xo‘jaligi va qo‘riqxona ishlarini yuritishni tashkil etish, o‘rmonlarning ekologik va boshqa foydali funksiyalarini kuchaytirish hamda xalq bog‘larini boshqarish uchun javob beradi.

3. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyruqlari hamda yo‘riqnomalariga, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.

4. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘rmon xo‘jaligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi orqali rahbarlik qiladi hamda o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi korxonalarni, tashkilotlarni boshqaradi. (O‘zR VM 10.08.2005 y. 191-son Qarori taxriridagi band).

 

II. O‘RMON XO‘JALIGI BOSh BOShQARMASINING ASOSIY VAZIFALARI VA FAOLIYaTI YO‘NALIShLARI

 

5. Quyidagilar O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi: o‘rmon qonunchiligiga va o‘rmon hamda ovchilik xo‘jaligini yuritish bo‘yicha me’yoriy-texnik hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; o‘rmonlardan foydalanish, ularni ko‘paytirish, muhofaza va himoya qilish, o‘rmon fondi hududida davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish; (O‘zR VM 01.04.2005 y. 95-son Qarori taxriridagi xat boshi) o‘rmon xo‘jaligida o‘rmon fondini har tomonlama kengaytirish va undan oqilona foydalanishga qaratilgan yagona texnika siyosatini olib borish; o‘rmon fondini, hayvonot va o‘simlik dunyosini davlat tomonidan hisobga olib borish hamda o‘rganish; o‘rmon xo‘jaligiga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani joriy etish; respublikada o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota daraxtzorlarini ko‘paytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlarida, jarliklarda va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarining bajarilishini tashkil qilish; qishloq xo‘jaligi yerlari cho‘lga aylanishining oldini olishga doir tadbirlarni amalga oshirish; o‘rmonlarni yong‘indan, o‘zboshimchalik bilan kesishdan va boshqa o‘rmon qoidalarini buzishdan himoya qilishni ta’minlash, o‘rmonlarni zararkunandalar va kasalliklardan asrash, o‘rmonlarni aviatsiya yordamida va yerdan qo‘riqlash tizimini takomillashtirish; tasarrufidagi hududlarda qo‘riqxona ishlarini va ovchilik xo‘jaligini yuritish; ovchilik xo‘jaliklarini idoraviy boshqarish va nazorat qilish, o‘rmon fondi hududida ovchilik qoidalari, normalari va muddatlariga rioya qilinishini ta’minlash; ichki va tashqi bozor ehtiyojini o‘rganish asosida respublika manzarali bog‘dorchiligini rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi; (O‘zR VM 11.04.2005 y. 99-son Qarori taxriridagi xat boshi) O‘zR VM 11.04.2005 y. 99-son Qaroriga muvofiq o‘n ikkinchi - o‘n beshinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n uchinchi - o‘n oltinchi xat boshilar deb hisoblansin shifobaxsh va ovqatbop o‘simliklar, yordamchi qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik mahsulotlarini tayyorlash va yetishtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tuzish; xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (o‘rmon xo‘jaliklari, shifobaxsh o‘tlar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari)ning erkinligini va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, ularning moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida ularni xo‘jalik yuritishning bozor shakllariga o‘tkazish; xorijiy investitsiyalarni jalb etish, o‘rmon xo‘jaligi sohasida qo‘shma korxonalar tashkil qilish, xususiy tadbirkorlikni, kichik biznesni rivojlantirish; (O‘zR VM 17.01.2004 y. 28-son Qarori taxriridagi xat boshi) o‘rmon xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari uchun malakali kadrlar tayyorlash.

6. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘rmon fondi hududida o‘ziga berilgan huquqlar doirasida o‘rmon, ovchilik xo‘jaligi davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qiladi, o‘z vakolatlarini bevosita va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi, shuningdek o‘ziga qarashli korxonalar hamda tashkilotlar orqali amalga oshiradi. (O‘zR VM 10.08.2005 y. 191-son Qarori taxriridagi band), (Oldingi taxririga qarang) 7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi orqali o‘rmon xo‘jaligi tarmog‘ida qonun hujjatlarining qo‘llanish amaliyotini umumlashtiradi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun ularni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

 

III. O‘RMON XO‘JALIGI BOSh
BOShQARMASINING FUNKSIYaLARI

 

8. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiqquyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tasarrufidagi o‘rmon, o‘rmon-ovchilik xo‘jaligi, davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;

(O‘zR VM 01.04.2005 y. 95-son Qarori taxriridagi xat boshi) belgilangan tartibda o‘rmon xo‘jaligi ishlarini prognozlashtiradi, O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ishtirokida respublika o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishning bosh reja (sxema)larini ishlab chiqadi;

O‘rmon xo‘jaligini to‘g‘ri yuritishni, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish, o‘rmonlarni qayta tiklash, parvarish qilish va ularning samaradorligini oshirish, ihota hamda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etishni ta’minlaydi;

O‘rmonning suvlarni asrash, ihotalash, sanitariya-gigiyena, sog‘lomlashtirish va boshqa foydali funksiyalarini kuchaytirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Qishloq xo‘jaligi korxonalari va boshqa yerdan foydalanuvchilar hududida shartnoma shartlari asosida iqota daraxtzorlari barpo etish va tog‘ yonbag‘irlarini pog‘ona-pog‘ona qilib ishlash, jarliklarda, qiyaliklarda, yaroqsiz qazilmalar bo‘lgan joylarda, tashlandiq yerlarda daraxtzorlar barpo etish ishlarini amalga oshiradi;

O‘rmonlarni yong‘indan, daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesishdan hamda o‘rmonga zarar yetkazadigan boshqa xatti-harakatlardan muhofaza qilishni tashkil etadi, respublika o‘rmon fondi yerlarida o‘rmonlarni qo‘riqlashga rahbarlik qiladi, o‘rmon patologiyasini nazorat qilishni va o‘rmon zararkunandalari hamda kasalliklarini hisobga olish va ularga qarshi kurashishni amalga oshiradi;

Suvni asrovchi o‘rmonlarni, qimmatbaho daraxtzor yerlarni, aholi yashash joylari atrofidagi ko‘kalamzor hududlarni hamda iqlimni tartibga solish, sanitariya-gigiyena, sog‘lomlashtirish va boshqa himoya funksiyalarini bajaruvchi boshqa daraxtzorlarni saqlash va ularning holatini yaxshilash chora-tadbirlarini ko‘radi, o‘rmon fondi yerlarida joylashgan davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni amalga oshiradi;  cho‘l, tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarining holatini yaxshilash, boyitish, mahsuldorligini oshirish, bu yerlarni daraxtzorlarga aylantirish, ko‘chma qumlarni mustahkamlash va ularga daraxtlar ekish tadbirlarini amalga oshiradi;

O‘rmon fondining davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritadi; 

O‘rmon xom ashyosi va boshqa resurslarni o‘rganadi, ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘radi, belgilangan tartibda o‘rmon barpo etish tadbirlarini amalga oshiradi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

O‘rmonlarni ihota toifalariga kiritish, shuningdek o‘rmonlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazishhaqidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;

O‘rmon xo‘jaligini yuritish masalalari, daraxt kesish qoidalari bo‘yicha asosiy qoidalarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

Respublika o‘rmon xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari hamda o‘rmon fondiga ega bo‘lgan boshqa korxonalar va tashkilotlar tomonidan o‘rmon xo‘jaligining to‘g‘ri yuritilishini, o‘rmon resurslaridan foydalanilishini, o‘rmonni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilinishini tekshiradi, o‘rmon fondiga ega bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarga o‘rmon xo‘jaligini yuritishda uslubiy yordam ko‘rsatadi;

O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida o‘rmondan foydalanish (qancha yog‘och kesilishi) hajmlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi;

O‘rmon fondi hududida ov qilish qoidalari va muddatlariga rioya etilishini, hayvonot dunyosidan foydalanilishini idoraviy nazorat qiladi;

Davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tomonidan ularda o‘rnatilgan rejimga rioya etilishini idoraviy nazorat qiladi;

(O‘zR VM 01.04.2005 y. 95-son Qarori taxriridagi xat boshi) o‘rmon urug‘chiligi va o‘rmon ko‘chatzorlarini tashkil etadi va rivojlantiradi, daraxtlar va butasimon navlar urug‘lari tayyorlashni, o‘z ehtiyojlari va boshqa iste’molchilarning talablarini qondirish uchun ko‘chatlar o‘stirishni ta’minlaydi;

yog‘och-taxta tayyorlashni, shuningdek yog‘ochdan, yog‘och chiqindilaridan xalq iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi tovarlar ishlab chiqarishni, o‘rmonlarda qo‘shimcha ravishda foydalaniladigan mahsulotlar tayyorlashni tashkil etadi;
O‘rmon fondi hududida shifobaxsh, texnik va ovqatbop o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash borasidagi barcha ishlarni muvofiqlashtiradi, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning tarqalish hududini va mavjud resurslarini o‘rganadi, ularni yig‘ish va tayyorlashning maqbul miqdorini tavsiya etadi;

Mollarni o‘tlatish normasi, ularni yaylovlarda joylashtirish va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanishning boshqa turlari, to‘lanadigan haq miqdori haqida belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi; o‘rmon xo‘jaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga ko‘maklashadi;

Eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari tomonidan ularning o‘tkazilishiga ko‘maklashadi;

Bog‘lar, tokzorlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari, yong‘oq mevali o‘simliklarning hosildorligi oshirilishini ta’minlaydi, mevalarni topshirish bo‘yicha shartnomalarning o‘z vaqtida tuzilishi va bajarilishini tashkil etadi;

Kadrlar zahirasini yaratadi, o‘rmon xo‘jaligi sohasida rahbar xodimlar va mutaxassislarni tayyorlaydi hamda ularning malakasini oshiradi;

O‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlaydi;

O‘ziga qarashli davlat qo‘riqxonalari, xalq bog‘lari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi;

O‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda mablag‘ ajratadi, moliyaviy ahvolni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

O‘ziga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini va balanslarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, yig‘ma balanslar tuzadi va ularni tegishli organlarga taqdim etadi;

O‘ziga qarashli korxonalarda hisob va hisobot yuritilishini hamda mol-mulk saqlanishini tashkil etadi, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini ko‘radi;

Bosh boshqarmaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatihaqidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda, hisobga olish va hisobotning amaldagi shakllari bo‘yicha tegishli organlarga taqdim etadi;

Fuqarolarning xatlari (arizalari, shikoyatlari) ko‘rib chiqilishini tashkil etadi va xatlarda ma’lum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

Manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini o‘stirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qiladi;

(O‘zR VM 11.04.2005 y. 99-son Qarori taxriridagi xat boshi)
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qiladi;

(O‘zR VM 11.04.2005 y. 99-son Qarori taxriridagi xat boshi) mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda manzarali o‘simliklarni rayonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni tashkil qiladi;

(O‘zR VM 11.04.2005 y. 99-son Qarori taxriridagi xat boshi) turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga manzarali o‘simliklar o‘stirishda ilmiy-metodik va ishlab chiqarish yordami ko‘rsatilishini tashkil qiladi. (O‘zR VM 11.04.2005 y. 99-son Qarori taxriridagi xat boshi)

 

V.               O‘RMON XO‘JALIGI BOSh

BOShQARMASINING HUQUQLARI

 

9. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga quyidagi huquqlar beriladi: respublikaning tegishli vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan kelishgan holda oliy o‘quv yurtlarini, ilmiy-tadqiqot, loyihalash va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, shuningdek ilmiy xodimlarni va mutaxassislarni o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon-ovchilik davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan alohida masalalarni ishlab chiqishga va ekspertizalar o‘tkazishga shartnoma asosida jalb etish; (O‘zR VM 01.04.2005 y. 95-son Qarori taxriridagi xat boshi)

Mansabdor shaxslarga o‘rmon xo‘jaligini yuritishga doir qonun hujjatlari buzilishini, o‘rmonlarni muhofaza qilish va himoya qilishdagi, o‘rmon resurslaridan foydalanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar berish;

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan o‘rmon xo‘jaligini yuritish, o‘rmonlarni muhofaza va himoya qilish hamda o‘rmon resurslaridan to‘g‘ri foydalanish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish;

Mol o‘tlatishdan, o‘rmon qonunchiligi talablari buzilganligi uchun zararni undirishdan tushadigan mablag‘larni o‘z hisob raqamlariga belgilangan tartibda o‘tkazish; tizim ichida tarmoq o‘rmon xo‘jaliklari bo‘yicha xarajatlarning yillik byudjet smetalarini va shtat jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

O‘z vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar, muassasalar, organlar, korxonalar, xorijiy mansabdor va xususiy shaxslar bilan aloqalarni amalga oshirish, o‘rmon xo‘jaligi yuritish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish.

10. O‘rmon nazorati xodimlari belgilangan namunadagi kiyim-bosh kiyib yuradilar va tabel quroliga ega bo‘ladilar.

11. O‘rmon nazorati xodimlari taqdirlashni, ma’naviy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

VI.            O‘RMON XO‘JALIGI BOSh

BOShQARMASI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

 

12. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan boshliqQishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari boshchilik qiladi.

Boshliqning Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining buyrug‘i bilan tayinlanadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi. Boshliq o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i taqsimlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi. (O‘zR VM 10.08.2005 y. 191-son Qarori taxriridagi xat boshi), (Oldingi taxririga qarang)

Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi. (O‘zR VM 11.04.2005 y. 99-son Qarori taxriridagi xat boshi)

Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktorining o‘rinbosarlari O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi. (O‘zR VM 11.04.2005 y. 99-son Qarori taxriridagi xat boshi)

O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari, shuningdek Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibiga kiradigan tashkilotlar rahbarlari O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi. (O‘zR VM 11.04.2005 y. 99-son Qarori taxriridagi xat boshi)

13. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i boshqarmaga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, o‘z o‘rinbosarlarining, bo‘limlar boshliqlarining Bosh boshqarma faoliyatining ayrim sohalariga rahbarlik qilishi, shuningdek o‘rmon xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi.

14. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan Bosh boshqarma tizimi korxonalari, tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va yo‘riqnomalar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi, ularning ijrosini tekshiradi.

15. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, banklarda hisob raqamlariga ega bo‘ladi.

16. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining faoliyati qonunda belgilangan tartibda to‘xtatiladi.